So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kadastr xizmati. Qashqadaryoda 8 mingga yaqin koʻchmas mulk obyektlariga manzil berildi
Bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 8 ta davlat xizmatlari koʻrsatilib, kadastrga oid davlat xizmatlarini koʻrsatish elektron tarzda amalga oshiriladi.
Qashqadaryoda joriy yilning 11 oyida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning tuman(shahar) filiallari tomonidan 7 986 ta manzili oʻzgargan va yangi koʻchmas mulk obyektlariga manzil berilgan.
Boshqarma axborot xizmatiga maʼlum qilishicha, mazkur yoʻnalishda Davlat xizmatlari markazlari hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali eng koʻp murojaat Qarshi shahri, Qarshi va Kitob tumanlari aholisidan kelib tushgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda: Qarshi shahri 1912 ta, Chiroqchi tumani 274 ta, Dehqonobod tumani 342 ta, Gʻuzor tumani 245 ta, Kasbi tumani 116 ta, Kitob tumani 1016 ta , Koson tumani 434 ta, Muborak tumani 208 ta, Yakkabogʻ tumani 220 ta, Mirishkor tumani 70ta ,Nishon tumani 449 ta, Qamashi tumani 557 ta, Qarshi tumani 1033 ta , Shahrisabz tumani 467 ta , Shahrisabz shahri 791 ta, Koʻkdala tumanidagi 147 ta koʻchmas mulk obyektlariga manzil berilgan.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan 8 ta davlat xizmatlari koʻrsatilib, kadastrga oid davlat xizmatlarini koʻrsatish elektron tarzda amalga oshiriladi.
Bunda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron koʻrinishda qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda.