So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Xalq banki Buxoroda jurnalist va jamoatchilik faollari uchun presstur tashkil etdi
Xalq banki moliyaviy ko‘magida faoliyat yuritayotgan Buxoro viloyatidagi tadbirkorlik obyektlari bilan ommaviy axborot vositalari, jurnalist va jamoatchilik faollarini yaqindan tanishtirish maqsadida 21-22-oktyabr kunlari mazkur viloyatga presstur tashkil etildi.
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlab, joylarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan sa’yharakatlarning faol ishtirokchilaridan. Bank tomonidan ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va savdo kabi turli sohalar uchun taklif etilayotgan kredit mahsulotlari hamda xizmatlari tadbirkorlarga o‘z biznesini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, ish o‘rinlarini yaratib, aholi bandligini ta’minlashda ko‘maklashib kelmoqda.
Press-turning dastlabki qismida mahalliy OAV, jamoatchilik faollari va hududiy matbuot kotiblari uchun “Davlat tashkilotlarida kommunikatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari” bo‘yicha maxsus seminar-trening tashkil etildi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar bank tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan viloyatdagi tadbirkorlik obyektlariga borib, faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. “Parravshan trans” MCHJ Kogon tumanida joylashgan “Parravshan trans” MCHJ faoliyati 2010-yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda chorvachilik va parrandachilik sohasida o‘zining mustahkam o‘rniga ega. Dastlab kichik hajmda faoliyatini boshlagan korxona parranda va chorva mollari sonini ko‘paytirish maqsadida Xalq bankidan 12 mlrd. 300 mln. so‘m miqdorida moliyaviy ko‘mak olgan. Bu ko‘mak korxonaning faoliyat ko‘lamini kengaytirib, chorvachilik va oziq-ovqat sanoati rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.
Korxonaning asosiy faoliyati parranda va chorva mollarini parvarishlashga qaratilgan bo‘lib, bugungi kunda tuxum va sut mahsulotlarini ichki bozorga yetkazib beradi. Ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil qilingan bo‘lib, mahsulotlarning sifati mahalliy bozor talablariga javob beradi. Mahsulotlar sifati va mijozlarga yetkazib berish tezligi korxonaning doimiy e’tibor markazida turadi. Shuning uchun ham “Parravshantrans” MChJ sut mahsulotlari va tuxum yetkazib beruvchi sifatida iste’molchilar orasida ishonch qozongan.
MChJning yillik daromadi 5.6 mlrd. so‘m, obyektda 40 nafar xodimning bandligi ta’minlangan. Ishchilar chorva mollari va parrandalarni boqish, mahsulotlarni bozorga yetkazib berish kabi vazifalarni bajaradi. Kelgusida “Parravshantrans” MChJ sutni qayta ishlash liniyasini tashkil etishni va bu orqali sut mahsulotlarini yanada ko‘proq ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Bu nafaqat ichki bozor talablarini qondirish, balki tashqi bozorga ham yetkazib berish imkonini yaratadi. Kelgusidagi maqsadlardan yana biri — xalqaro bozorga chiqish va o‘z mahsulotlarini eksport qilishdir.
“Bek Bags Business” MCHJ Xalq banki O‘zbekistonda charm sanoatini rivojlantirishga mas’ul va bu boradagi jarayonlarga faol hissa qo‘shmoqda, sohada faoliyat yurituvchi ko‘plab korxonalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayniqsa, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rivojlantirish va ularning mahsulotlarini kengroq bozorga olib chiqish uchun ajratilayotgan kreditlar korxonalar uchun katta imkoniyat yaratmoqda. Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida joylashgan oilaviy korxona - “Bek Bags Business” MCHJ bunga yorqin misollardan biridir.
Ayollar, bolalar hamda turli xildagi yuk sumkalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona mahsulotlarining sifati, chidamliligi va zamonaviy dizayni tufayli ichki bozorda alohida o‘ringa ega. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida Xalq banki tomonidan 100 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratilgan bo‘lib, bu mablag‘ korxonaga yangi texnologik uskunalar sotib olish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish va mahsulot hajmini oshirish imkonini berdi. Natijada korxona yillik ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirib, hozirda yiliga 250 ming dona charm mahsulotlarini bozorlarga yetkazib bermoqda.
“Bek Bags Business” o‘z faoliyati bilan mahalliy aholining bandligini ham ta’minlab kelmoqda. Hozirda korxona 30 nafardan ortiq xodimni ish bilan band qilgan bo‘lib, ular mahsulot tayyorlashning turli bosqichlarida faoliyat ko‘rsatadi. Xodimlarning malakasi va ishga bo‘lgan mas’uliyati yuqori sifatli charm sumkalarini ishlab chiqarish imkonini yaratmoqda. Kelajak rejalari doirasida korxona nafaqat ichki bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash, balki xalqaro bozorlarga chiqishni ham maqsad qilgan. Eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun yangi dizaynlar yaratish, ishlab chiqarish texnologiyalarini yanada optimallashtirish va xalqaro talab va standartlarga javob beradigan mahsulotlar tayyorlash ustida ishlamoqda.
“Bek Bags Business” MChJ faoliyati misolida Xalq bankining charm sanoatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlari tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochayotganligini ko‘rish mumkin. Moliyaviy yordam bilan ta’minlangan korxonalar nafaqat o‘zlarini iqtisodiy jihatdan mustahkamlab qolmay, balki milliy iqtisodiyot rivojiga ham hissa qo‘shmoqda.
“Sulton Malika Zardo‘z” MCHJ: O‘zbek milliy hunarmandchiligini dunyoga tanitayotgan korxona “Sulton Malika Zardo‘z” MChJ o‘z faoliyatini zardo‘zlik va kashtachilik sohasida olib boruvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Milliy hunarmandchilikning nafis san’ati bo‘lgan zardo‘zlik va kashtachilik orqali o‘zbek xalqining boy madaniy merosini dunyoga namoyish etayotgan ushbu korxona xorijiy bozorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Korxona o‘z faoliyatini kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish maqsadida Xalq bankidan 1 milliard 200 million so‘mlik kredit olgan. Ushbu moliyaviy yordam evaziga korxona uskunalar xarid qilib, ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirdi.
Bugungi kunda korxonada 40 dan ortiq ishchi faoliyat yuritmoqda, ular o‘z malakalari bilan milliy hunarmandchilikning eng yaxshi namunalarini yaratishga xizmat qilmoqda. Xorijiy mijozlar orasida milliy zardo‘zlik va kashtachilik mahsulotlariga katta talab bor. Shu maqsadda mahsulotlar ichki bozor talablarini qondiribgina qolmay, balki BAA, AQSh va Qozog‘istonga ham eksport qilinadi. Korxona faoliyati o‘zbek milliy qadriyatlarini saqlab qolish va ularni global miqyosda tanitishga xizmat qilmoqda. Shu boisdan mahsulotlar o‘zida milliy urfodatlarni aks ettiribgina qolmay, balki xalqimizning hunarmandchilik sohasidagi betakror mahoratini ham namoyish etadi. Xalq banki hunarmand tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishga, texnologik yangiliklarni joriy qilishga va xalqaro bozorga chiqishiga ko‘maklashmoq. “Sulton Malika Zardo‘z” MChJning muvaffaqiyati ushbu moliyaviy ko‘makning samarali ekanligini ko‘rsatib, O‘zbekistonning milliy hunarmandchilik sohasidagi yutuqlarini jahonga tanitishda muhim rol o‘ynamoqda.