So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jizzaxdagi 3 tа klasterga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
Jizzax viloyatidagi “Jizzax industrial to‘qima”, “Jizzax kenteks” va “Baxmal quyosh nuri” MCHJlar kelishgan holda paxta tolasi va texnik chigit mahsulotlari narxini keskin oshirgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘mitaning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishda, “Jizzax industrial to‘qima” MCHJ paxta to‘qimachilik klasteri paxta tolasi va texnik chigit mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida sotgani aniqlandi.
Shundan, 321,7 tonna paxta tolasini birja kotirovka narxlariga nisbatan yuqori narxda va 1021 tonna paxta tolasini birja kotirovka narxiga nisbatan past narxda sotish holati hamda 2536 tonna texnik chigit mahsuloti birja kotirovka narxlari bilan solishtirilganda past narxlarda sotilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Maxsus komissiya tomonidan qonunchilik talablari buzilishi alomatlari bilan “Jizzax industrial to‘qima” MCHJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, paxta shroti bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etgan ““Paxtakor sifat yog‘”, “Jizzax kenteks” va “Baxmal quyosh nuri” MCHJlar tomonidan narxlar kelishilgan holda keskin oshirilgani uchun ish qo‘zg‘atilib, jamiyatlar mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.