So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
173 nafar qatagʻon qurbonlari oqlandi
Mazkur jinoyat ishlari Oliy sud raisi oʻrinbosari Ikrom Muslimov raisligida oʻtkazilgan ochiq sud majlislarida koʻrib chiqildi.
Reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 173 nafar qatagʻon qurbonlari jami 4 ta jinoyat ishi boʻyicha oqlandi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.
Oliy sud raisi oʻrinbosari Ikrom Muslimovning taʼkidlashicha, prezidentning 2020-yil 8-oktyabrdagi “Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʻrganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika ishchi guruhi va qatagʻon qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangan.
Shunga asosan, qatagʻon qurbonlarining nomlarini aniqlash borasida izlanishlar koʻlamini kengaytirish uchun masʼullarga vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Taʼkidlanishicha, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga koʻra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatagʻon qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan takliflar kiritish belgilangan.
Shu munosabat bilan qatagʻon qurbonlarining reabilitatsiyasi boʻyicha masala oʻrganib chiqilgan hamda Respublika ishchi guruhiga takliflar koʻrib chiqish uchun yuborilgan.
Maʼlum qilinishicha, Oliy sudga 2022-yilning 12-dekabr kuni 173 nafar shaxsga nisbatan 4 ta jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan oʻrganib chiqilgan. Mazkur jinoyat ishlarida sud majlisi bayonnomasi yoki sud hujjatlari (hukm yoki boshqacha qaror) mavjud emasligi, ishlarda faqatgina OGPUning uchlik majlisi bayonnomasidan koʻchirma borligi aniqlangan.
Jumladan:
1. Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Uchlik yigʻinining 1931-yil 12-oktyabrdagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra:
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Xasan Davlyatov, Minniyaz Xodjimu (Minniyax Xodja Muratov), Babakul Musayev, Begimqul Abdurasulev, Xalmumin Tursunov, Valixan Xodjayev, Saat Tashkulov, Akbuta Tashkulov, Karabay Tashkulov, Djuma Karakulov, Saitkul Xalbayev, Xusan Duskabыlov, Tura Annarov, Xudaykul Xalikulov, Abdulla Utaganov — Oʻzbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan 10 yil muddatga konslagerga surgun qilingan. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Ataxan Yuldashev, Musa Xodja Keldыyev, Payan Ilmuratov, Parda Tursunov, Tashmirza Minturayev, Nurmat Tellyayev, Suvan Pirnazarov, Charы Pirnazarov, Xudoyar Kabыlov, Xudoyar Turdыyev, Safar Karayev, Ruzыkul Safarkulov, Kabыl Ishmatov, Gulbay Karimov, Yusup Djumayev, Shaymardan Shaymuratov, Shirin Ishniyazov, Kuzы Murat Abdukarimov, Irdan Ishniyazov, Tashtemir Karimov, Uzak Xudaykulov, Abir Bekmuratov, Muxamadы Ishniyazov, Mamat Acheldыyev, Kurban Yakubov, Djuma Xalmuradov, Karabay Daniyarov, Djuma Abdurasulev, Tadji Milikulov, Beknazar Mamarodjapov, Sapar Xalmuratov, Avgan Muradov, Tura Musulmankulov, Karshi Raximov, Xamra Issamuratov, Abdunazar Xodjinazarov, Djurakul Suleymanov, Sattar Raimkulov, Kurban Minturayev, Gendja Umirzakov, Artыk Alimardonov, Narmurat Mustafakulov, Atamurat Alimuratov, Djuma Kabыlov, Acheldы Rasulkulov, Karim Djumayev, Raxman Berdыyev, Xamra Safarov, Parda Turdыyev, Narmurat Milikulov, Ismail Xudaynazarov, Raxmatulla Xudaykulov, Charы Yusupov, Abray Mamarodjapov, Yusup Pardayev, Dabыl Muminov, Shayman Illarov, Mulla Tair Abdurasulev, Allamurat Muminov, Yusup Perimkulov, Abduvaxid Utaganov, Ulug Shaygulov, Mirzakul Nurov, Islam Ibragimov, Xamit (Xamid) Ishkabulov, Begimkul Abrayev, Tura Shaymuratov, Mamatraim Shukurov, Kasыm Kabыlov, Kurban Murat Narkabыlov, Alim Shaymuratov, Shaymardan Artыkov, Xodjakul Yusupov, Irmat Kasыmov, Datko Mamayusupov, Babashir Duskabыlov, Mamatmumin Djalilov, Narbay (Norbay) Karshiyev, Narkurban Xodjiyarov, Atamurat (Atta Murat) Tashmatov, Samat Minturayev, Xamra Tellyayev, Djura Tellyayev, Djalil Sarumsakov, Maxamadы Nazarov, Xamra Xasanov, Xait Nazar Acheldыyev, Parda Musulmankulov — Oʻzbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan. Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yashagan Avaz Xodjakulov, Axmet Maxmudov, Gafar Turdыyev, Dana Urunov, Xalыk Berdы Davlyatov, Nurmat Raximov, Avaz Berdы Davlyatov, Kendja Xыdыrov, Djuma Davlyatov, Tagaynazar Maksumov, Tellya Babayev, Abdulla Djalilov — Oʻzbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan. Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashagan Xamit Babayev, Axmat Babayev, Xalmumin Dusmatov, Ishmurat Abdumuminov, Alikul Xalmuratov, Aman Baymuratov, Kadыr Kabыlov, Kabыl Babamuratov, Abduraim Karshiyev — Oʻzbekiston SSR JKning 63, 78-moddalari bilan 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Aman Mirzayev, Tangir (Tangri) Narbayev, Taksan (Toksat) Turakulov, Xodjiyar Baymirzayev, Xodjakul Baymirzayev, Narmurat Saitkulov, Ismail Tashbayev, Narmat Saitov, Muxamadы Kurbanov, Nazarmat Xudaynazarov, Abdumumin Shadmanov, Sultan Murat Suvankulov (Boysun tumani) — Oʻzbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan 3 yil muddatga konslagerga surgun qilingan. Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yashagan Shaim Mallyayev Oʻzbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan 3 yil muddatga konslagerga surgun qilish jazosi tayinlanib, jazo shartli hisoblanib, hibsdan ozod qilingan. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Xodjakul Ishmatov, Mingniyaz Muxamat Muratov, Shadыk Ushakov, Tura Mallyayev, Abdulla Ubaydulin, Abdurasul Turakulov, Aman Alimardonov — Oʻzbekiston SSR JKning 66, 78-moddalari bilan 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Muxib Bulla Nasrullaxanov Oʻzbekiston SSR JKning 66, 78-moddalari bilan 10 yil muddatga konslagerga surgun qilingan. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Tagay Murat Tashtemirov Oʻzbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan aybdor deb topilib, mol-mulki musodara qilingan holda 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Alimardan Kabыlov Oʻzbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan aybdor deb topilib, mol-mulki musodara qilingan holda 10 yil muddatga konslagerga surgun qilingan. .
2. Oʻrta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasining 1932-yil 14-oktyabrdagi maxsus yigʻilish qaroriga koʻra: Turabek Turabekov, Xazratkul Turabekov, Usman Turabekov, Abduraxman Baykuzыyev, Muradjan (Muratxan) Allaxodjayev, Isxak Xalmuxamedov, Tashbek Dustbekov — Oʻzbekiston SSR JKning 58-moddasi bilan otuvga hukm qilingan. Xidыr (Xidver) Yuldashev, Turdыbek Yusupov — Oʻzbekiston SSR JKning 58-moddasi bilan 10 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
Mulla Ziya Normatov, Pavi Djuliyev, Kuli Amanov, Mansur Tursunov, Redjeb Eganmuradov — Oʻzbekiston SSR JKning 58-moddasi bilan 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan. Eron fuqarosi Aliyev Guseyn Oʻzbekiston SSR JKning 58-moddasi bilan SSRI hududidan deportatsiya qilingan.
3. Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1929-yil 9-dekabrdagi qaroriga koʻra: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida yashagan Utemurat Palimov (Palыmov), Ubaydulla Bekimbetov, Davletnazar Xudainazarov, Abdыjamiy Seksenov, Alimbay Djarimbetov, Palvan Aytыmov — Oʻzbekiston SSR JKning 58-moddasi 2-qismi bilan mol-mulki konfiskatsiya qilingan holda otuvga hukm qilingan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida yashagan Imbergen Yusupov, Abib (Xabib) Utegenov, Utepbergen Shaniyazov — Oʻzbekiston SSR JKning 58-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, ozodlik mahrum qilish jazosi tayinlangan (jinoyat ishida tayinlangan ozodlik mahrum qilish jazosining muddati haqida maʼlumot mavjud emas).
4. Ichki ishlar xalq komissarligi Oʻrta-Osiyo okrugi qoʻmondonligi harbiy hayʼatining 1941-yil 5-noyabrdagi hukmiga koʻra: Samarqand shahrida yashagan Qozi Bakaxan (Kazы) Abdullaxodjayev Oʻzbekiston SSR JKning 58-moddasi, 66-moddasi 2-qismi, 67-moddasi va 69-moddasi bilan 5 yil muddatga siyosiy huquqlarini yoʻqotgan holda, mol-mulklari konfiskatsiya qilinib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Samarqand shahrida yashagan Mulla Narzыbek (Abdujabborov Narzulla) Abdujabborbekov Oʻzbekiston SSR JKning 58-moddasi, 66-moddasi 2-qismi, 67-moddasi bilan 5 yil muddatga siyosiy huquqlarini yoʻqotgan holda, mol-mulklari konfiskatsiya qilinib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Bosh prokuror oʻrinbosari tomonidan yuqorida koʻrsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan tegishli tartibda Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga protestlar keltirilgan. 19-dekabr kuni mazkur jinoyat ishlari Oliy sud raisi oʻrinbosari Ikrom Muslimov raisligida oʻtkazilgan ochiq sud majlislarida koʻrib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirildi va JPKning 83-moddasiga asosan, jami 4 ta jinoyat ishi boʻyicha 173 nafar shaxs oqlandi.