So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiyaning 17 ta telekanali Google'dan 2 million rubl talab qilmoqda. Jarima miqdori kundan kunga oshib bormoqda
Rossiya media kompaniyalari va Google o‘rtasidagi sud jarayonlari 2020 yilda YouTube Yevgeniy Prigojinga aloqador “Sargrad” telekanali va "Federal axborot agentligi” akkauntlarini bloklaganidan keyin boshlangan.
Rossiyaning 17 ta telekanali Google'dan 2 million rubl talab qilmoqda. Bu haqda “RBK” nashri huquqiy mojaroning borishidan xabardor manbaga tayanib xabar bermoqda.
28 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida sudya "jud ko‘p nollari bo‘lgan ishni" ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan.
Rossiya sudi Google kompaniyasi jarima to‘lashi to‘g‘risida qaror qilgan, chunki Amerika kompaniyasi sudning Rossiya ommaviy axborot vositalarilarining YouTube'dagi akkauntlarini tiklash haqidagi talabini bajarmagan.
Google'ga qarshi da’vo, xususan, “Birinchi kanal”, “VGTRK xolding” kompaniyasi, “Pravoslav televideniye jamg‘armasi” va rossiyalik targ‘ibotchi Margarita Simonyanning YouTube kanali vakili va boshqalar tomonidan qo‘zg‘atilgan.
"Rossiya sudining qarorini bajarilmagan har bir kun uchun 100 ming rubl miqdorida jarima belgilanadi. Qaror amalga oshirilgunga qadar jarimaning umumiy miqdori cheklanmagan holda har hafta ikki baravar ko‘payadi", deya qayd qayd etadi “RBK”.
Rossiya media kompaniyalari va Google o‘rtasidagi sud jarayonlari 2020 yilda YouTube Yevgeniy Prigojinga aloqador “Sargrad” telekanali va "Federal axborot agentligi” akkauntlarini bloklaganidan keyin boshlangan.
Ma’lumot uchun, 2 undetsillion 2 raqamining ortida 36 ta nol bor bo‘lgan sonni bildiradi.