So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“DAVR BANK” ATBga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llandi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “DAVR BANK” ATB tomonidan e’lon qilingan tashqi reklamalarda “Davr mobile ilovasida 50 000 000 so‘mgacha onlayn mikrokredit” mazmunidagi reklama axboroti berilgani kuzatildi. “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi sonunlar talablari buzilish alomatlari yuzasidan “DAVR BANK” ATBga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “DAVR BANK” ATB tomonidan e’lon qilingan tashqi reklamalarda “Davr mobile ilovasida 50 000 000 so‘mgacha onlayn mikrokredit” mazmunidagi reklama axboroti berilganligi kuzatildi.
Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, mikroqarz istalgan maqsadlarda foydalanish uchun ajratilishi, “Davr mobile” ilovasi orqali rasmiylashtirilishi, qarz oluvchi kamida oxirgi 6 oy davomida doimiy ish joyiga hamda oylik daromadga ega bo‘lgan bo‘lishi lozimligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mikroqarz muddati – 60 oygacha, foiz stavkasi – 43,00 foiz, qarz miqdori – 50,0 mln so‘m etib belgilanganligi aniqlangan.
Mikro qarz bo‘yicha qo‘shimcha shartlar va muxim ma’lumotlar tashqi reklamada ko‘rsatilmagan.
Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar talablari buzilish alomatlari yuzasidan “DAVR BANK” ATBga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.