So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sirdaryoda 13 yashar bola aqli zaif qarindoshini pichoqlab o‘ldirdi
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatida 13 yoshli bola qarindoshini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabarlar sizdirildi.
Turli norasmiy manbalarda qayd etilishicha, voqea joriy yilning 18 oktyabr kuni viloyatning Boyovut tumanidagi Qarapchi mahallasida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni 7-sinf o‘quvchisi (13 yoshli) o‘zining aqli zaif qarindoshini mahalla hududdagi dala maydonida oshxona pichog‘i bilan o‘ldirgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 18 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashagan 23 yoshli F.J. ismli erkakning murdasi Guliston shahar Navbahor mahallasi hududidagi kanalning tashlandiq joydan topilgan.
Aniqlanishicha, voyaga yetmagan Sh.A. (o‘g‘il bola) voqea sodir bo‘lgan kuni Do‘stlik va K-3 kanali oralig‘idagi tashlandiq joydan o‘tib ketayotgan vaqtida uzoq qarindoshi F.J. uni chaqirib, boladan qo‘lidagi pichoq bilan uni o‘ldirishini so‘ragan. Sh.A. buni rad qilganidan so‘ng, F.J. bolani qo‘rqitgan, shundan so‘ng voyaga yetmagan Sh.A. F.J.ni pichoq bilan qasddan o‘ldirgan.
«Ma’lumot o‘rnida, marhum F.E. ruhiy kasalliklar dispanserida «paranoid shizofreniya epizodik kechishi» tashxisi bilan ro‘yxatda turgan», deyiladi prokuratura xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan 18 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.