So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Allamjonovga suiqasd qilganlardan biri ushlandi — Bosh prokuratura
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25-97 hamda 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilayotgani aytilmoqda.
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovning Range Rover yo‘ltanlamasiga qarata o‘q uzganlardan biri gumonlanuvchi tariqasida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 26 oktyabr kuni 2 nafar noma’lum shaxs Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi Range Rover rusumli mashinaga qarata o‘qotar quroldan bir necha marta o‘q uzib, qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilib, noma’lum tomonga yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) hamda 248 (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
So‘ng Bosh prokuratura, Toshkent viloyati, Toshkent shahar, Harbiy, Transport prokuraturalari hamda IIV, viloyat, Toshkent shahar IIBB, Bojxona qo‘mitasi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilgan.
O‘tkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning bir nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.