So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati, uning istiqboli shu kunlarda dunyo olimlari eʼtiborida…
Davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati, uning istiqboli shu kunlarda dunyo olimlarining eʼtiborida, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Sharq Renessansi fenomeni: davlatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” Oʻzbekiston madaniy merosi haftaligining yalpi yigʻilishida bu jihatlar yana bir karra oʻzining yorqin isbotini topdi.
Uning doirasida Muvofiqlashtiruvchi kengash, Xalqaro ekspertlar kengashi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining kengaytirilgan ilmiy kengashining umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Toshkentning tarixiy markazida barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining ilm-fan, islom taʼlimoti va tarixi, maʼnaviyat va maʼrifatga doir barcha maʼlumotlarni eng soʻnggi raqamli texnologiyalar hamda sunʼiy intellekt yangiliklarini oʻzida mujassam etgani holda ifoda etishiga oid reja va loyihalar xususida atroflicha soʻz yuritilgan.
Anjumanga mamlakatimiz va xorijning yetakchi tarixchi, qadimshunos olimlari, ekspertlar, muzeyshunoslar, restavratorlar, din sohasi vakillari, xattotlar, musavvirlar va dizaynerlar, zamonaviy raqamli texnologiyalarning bilimdonlari, sharqshunos olimlar, adib va ijodkorlar taklif etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov mamlakatimizda kechayotgan shiddatli yangilanish jarayonlari maʼrifiy sohalardagi tub ijobiy oʻzgarishlar bilan hamohang ekanini taʼkidladi.
– Yangi Oʻzbekistonning yorqin va yuksak maʼnaviy timsoli boʻlmish Islom sivilizatsiyasi markazi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida barpo etilayotgani, bunday madaniy meros haftaliklarining yuqori saviyada oʻtkazilayotgani mamlakatimizning qaytadan ilm-fan, maʼrifat markaziga, Uchinchi Renessansning makoniga aylanayotganidan darak beradi.
Bugun qadimiy va betakror diyorimizda tabarruk nomlari jahonga mashhur boʻlgan, hayoti va faoliyatini mehr qoʻyib oʻrganadigan ne-ne buyuk zotlarning ilm-fan dunyosini munavvar qilgan tafakkur mashʼali yana porlamoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Bu boradagi saʼy-harakatlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazida madaniy, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishda amalga oshirilayotgan mega loyihadir. Ushbu maskan bir vaqtning oʻzida bizning davlatchiligimizning tarixi va anʼanalari, qadriyatlarini ifoda etishi bilan birga, mamlakatimizning zamonaviy va kelajakdagi istiqbolini oʻzida aks ettirgan Taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalarini ham oʻzida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.
Barchamiz yaxshi tushunamizki, faqat oʻtmish, buyuk ajdodlar bilan faxrlanish bilan cheklanib, uzoqqa borib boʻlmaydi. Biz ajdodlarimiz qoʻlga kiritgan yuksak marralarga tayanib, yangicha tafakkur asosida yangi hayot, yangi jamiyat, yangi sivilizatsiyani barpo etishga, bugungi global dunyoda oʻzimizning munosib oʻrnimizni egallashga azmu qaror qilganmiz. Shu maʼnoda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi erkin va mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va texnologiyalarni puxta egallagan yoshlarni – yangi sivilizatsiya bunyodkorlarini kamol toptirishga xizmat qilmogʻi kerak, – dedi Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov.
Anjumanda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov mamlakatimizda yaqindagina baland ruhda oʻtkazilgan hamda xalqaro hamjamiyat eʼtibori va eʼtirofiga sazovor boʻlgan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” hamda Imom Termiziy ilmiy merosiga bagʻishlangan xalqaro anjumanlarning yuqori saviyada oʻtkazilgani maʼrifiy islohotlarning yorqin namunasi ekanini taʼkidladi.
Shu bilan birga mazkur nufuzli xalqaro anjumanlarning ishtirokchilari mamlakatimizda diniy va dunyoviy yoʻnalishdagi ezgu saʼy-harakatlar moʻtadilligi, buyuk ajdodlar merosiga tayanishi, xalqimizning ezgu maqsad-muddaolariga hamohang ekanini namuna sifatida qayd etgani ahamiyatga molikdir.
Anjumanda TURKSOY tashkiloti bosh kotibi, atoqli adib va publitsist Sulton Rayev tabarruk Oʻzbekiston diyori azaldan qadimiy ilm-fan, madaniyat va sanʼatning bebaho beshigi boʻlishi bilan birga ushbu ilmiy meros turkiy xalqlar, umuman bashariyat uchun gʻoyat qadrli ekanini taʼkidladi.