So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Afgʻonistonda “Salang” tunneli portladi. TIV “Tolibon”ga xat yubordi
Salang tunnelidagi yonilgʻi yuk mashinasi 1982-yil 11-yanvarda portlab ketgan edi.

“Tolibon” Salang tunnelida 31 kishi halok boʻlganini tasdiqladi. Bu haqda Tolibon Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Sharafat Zamon Amar-Xel maʼlum qildi va qurbonlar soni hanuz ortib borayotganidan ogohlantirdi.
Etilaatroz tomonidan hozircha qayd etilgan oʻlimlarning maksimal soni 63 kishini koʻrsatmoqda. Sputnikʻga koʻra, voqea joyiga Sogʻliqni saqlash vaziri Qalandar Ibad yetib kelgan.
Maʼlum boʻlishicha, 17-dekabr kuni kechqurun yoqilgʻi tashuvchi avtomobil yonib ketganidan soʻng, yongʻin koʻmir tashuvchi ikkita ta yuk mashinasinign bakiga oʻtgan, buning natijasida tunelda katta portlash sodir boʻlgan. Portlash oqibatida tunnelning bir qismi qullab tushgan.
8am nashriga intervyu bergan erkakning aytishicha, u portlashdan keyin yoʻl qidirib mashinadan tushgan va qaytib kelganida, uning xotini va 2 farzandi mashinada tiriklayin yonib ketgan.
Eslatib oʻtamiz, Salang tunnelidagi yonilgʻi yuk mashinasi 1982-yil 11-yanvarda portlab ketgan, oʻshanda 64 sovet askari va 112 afgʻon halok boʻlgan.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti Afgʻonistonning “Salang” tunnelida yoqilgʻi tashuvchi avtomashinaning portlashi oqibatida koʻplab qurbonlar boʻlgani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik. Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz.



