So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
O‘zbekistonning ikki yirik servisi – Yandex Eats va Express24 birlashadi
O‘zbekistonda taom yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi ikkita yirik servis – Yandex Eats va Express24 birlashadigan bo‘ldi. Yandex Uzbekistan kompaniyasi Express24 aktivlarining bir qismini sotib olayotganini e’lon qildi. Rasmiy xabarga ko‘ra, bitim tez orada yopiladi, shundan keyin ikki servis taom yetkazib berish bo‘yicha yagona texnologik platformani yaratadi. Express24 ilovasi ishlashda davom etishi aytilyapti. Bitim qiymati esa ochiqlanmadi.
Ayni paytda bu bitim borasida monopoliyaga qarshi organning munosabati kutilmoqda. Chunki aynan bitta bozorda faoliyat yurituvchi ikkita muhim o‘yinchining birlashishi raqobat muhitiga salbiy ta’sir qilishi, bu esa iste’molchilar manfaatlariga zid bo‘lishi mumkin. Yandex Uzbekistan kompaniyasining ma’lum qilishicha, bu bitim antimonopol organning roziligi olinadigan bitimlar toifasiga kirmaydi, shunday bo‘lsa-da, kompaniya kelishuv haqida Raqobat qo‘mitasini xabardor qilgan. Qo‘mita ham bu borada rasmiy axborot berilishini bildirdi.
Qonunchilikka ko‘ra, aktivlarining qiymati yoki yillik tushumi muayyan miqdordan ortiq bo‘lgan yirik kompaniyalar boshqa kompaniya bilan birlashsa, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olishi kerak. O‘tgan yili Uzum ekotizimi Click bilan birlashishini e’lon qilgan, o‘shanda Raqobat qo‘mitasi ular beruxsat birlashadigan bo‘lsa, jazolanishini ma’lum qilgandi. Oradan bir yil o‘tib, Uzum bu birlashuv g‘oyasidan voz kechganini bildirgan.