So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Respublika onkologiya markazi va uning filiallari sotilmaydi — Davaktiv
Jamoatchilik fikridan kelib chiqib auksionga qoʻyilgan binolarning sotish jarayoni toʻxtatilgan.
Xabaringiz bor, Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Lot 3707620, boshlangʻich bahosi 281,7 mlrd.soʻm), uning Toshkent viloyat (Lot 3707622, boshlangʻich bahosi 92,1 mlrd.soʻm) va Toshkent shahar filiallari (Lot 3707621, boshlangʻich bahosi 160,5 mlrd.soʻm) bino-inshootlari yangi Onkologiya markazining birlashgan kompleksini qurish xarajatlarini qoplash uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qoʻyilgan edi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xabar berishicha, bugungi kunda, mazkur obyektlarning sotilishi hisobiga yangi zamonaviy Onkologiya markazi qurilishini amalga oshirish boʻyicha jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda, tegishli topshiriqqa asosan, Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallarini auksion orqali sotish jarayoni toʻxtatildi va savdodan olib tashlandi.