So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Taniqli islomshunos professor Fransua Derosh “114 Qurʼon” loyihasida ishtirok etadi
Kolledj de Frans professori, taniqli qurʼonshunos va paleograf olim Fransua Derosh Oʻzbekiston tarixiga oid noyob qurʼon qoʻlyozmalarini qaytarish boʻyicha “114 qurʼon” loyihasida ishtirok etishi maʼlum boʻldi. Bu sharqshunos olim Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Madaniy meros haftaligida maʼlum qildi.
Bungacha u shov-shuvlarga sabab boʻlgan Katta Langar qurʼonining topilishida va Sankt Peterburgdagi fragmentlar Suriyaga emas aynan Oʻzbekistonga tegishli ekanini isbotlashda katta rol oʻynagan edi. 8 asr oxiriga tegishli Katta Langar qoʻlyozmasi Oʻzbekiston hududidan topilgan eng qadimiy va noyob qurʼon nusxasi hisoblanadi va bugungi kunda uning tarqalib ketgan fragmentlari faksimile nusxalari Oʻzbekistonga qaytarilmoqda.
“Oʻzbekistonga tarixiy qoʻlyozmalarni izlash uchun keldim. Albatta, qoʻlyozmalar juda muhim. Ular bosma kitoblardan farq qiladi, ular boshqacha. Bu tarixga, madaniy merosga nazar tashlashning boshqa bir turi hisoblanadi. Davlatingiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan madaniy islohotlar boshqa xorijlik mehmonlar qatori menda qiziqish uygʻotmoqda. Bu borada ijobiy fikrdaman.
Haftalikda ishtirok etib, bu ilmiy uchrashuvlar va bahslar naqadar jamiyat uchun kerak ekanligiga amin boʻldim! Sizning ayniqsa, dunyoning turli davlatlaridan olimlarni bir joyga jamlaganingiz eng yaxshi tashabbus. Respublikangiz Prezidentining bu kabi madaniy islohotlari bilan Oʻzbekistonni dunyo hamjamiyatida yanada kashf etasiz.
Mamlakatingizning madaniy merosini ommalashtirish borasida siz toʻgʻri yoʻldasiz, deb hisoblayman. Shuning Oʻzbekistondagi Islom svilizatsiya markazining faoliyati bilan tanishdim va “114 Qurʼon” loyihasida ishtirokim boʻyicha kelishuvga erishdik. Umid qilamanki ushbu hamkorligimiz foydali boʻladi” — deya fikr bildirdi professor Derosh.
Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning aytishicha chet ellarga tarqab ketgan Oʻzbekistonga oid noyob qurʼon qoʻlyozmalarini topish va faksimile nusxalarini vataniga qaytarish boʻyicha “114 qurʼon” loyihasi ustida ish boshlangan:
“Avvaliga biz noyob qurʼon musʼhaflarini topish va oʻrganishni niyat qilgan edik. Keyinchalik Prezidentimiz dunyo kezib, chet ellik olimlar bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi topshiriqlaridan soʻng bir qator davlatlarda boʻlganimizda maʼlum boʻldiki xorijda Oʻzbekistonga oid qurʼon qoʻlyozmalari juda koʻp va nodir namunalar mavjud ekan.
Buning isboti esa soʻnggi oyning oʻzida birgina Turkiyadan Temuriy malika oʻz qoʻli bilan bitgan qurʼon, Oʻzbekxon qurʼoni va Sahix Buxoriy asarining 825-yillik qoʻlyozmasi topilgani. Shuning uchun biz butun dunyodan Oʻzbekistonga oid 114ta noyob qurʼon qoʻlyozmalarini topish va qaytarish boʻyicha ish boshladik. Topilgan qurʼon qoʻlyozmalari faksimile nusxalarini Islom sivilizatsiyasi markazi binosidagi 67 metrlik ulkan gumbaz ostiga yigʻib, oʻzbekistonliklar eʼtiboriga havola qilmoqchimiz.
Va bunda bizga taniqli qurʼonshunos olim Fransua Derosh ham yordam beradigan boʻldi. Bu biz uchun juda qadrli chunki Derosh koʻplab muzey va kutubxonalar hamda shaxsiy kolleksiyalar haqida chuqur maʼlumotga ega. Bu borada bizga koʻp yordam bera oladi. Va buning barchasi Respublikamiz Prezidenti tashabbuslari va koʻmaklari bilan amalga oshirilayotganini ham alohida qayd etish zarur”
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati bilan hamkorlikda ilmiy-madaniy haftalikni oʻtkazmoqda. Ayni kunlarda Oʻzbekistonda 20dan ortiq davlatdan 100dan ortiq olimlar Oʻzbekiston xalqaro madaniy meros haftaligida oʻz ilmiy maʼruzalari va taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda.