So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
O‘zbekistonda tug‘ilish kamayishda davom etmoqda
Иқтисодчи Беҳзод Ҳошимовнинг қайд этишича, Ўзбекистон бойимасдан туриб аҳоли сони камаётган кам сонли давлатлардан бири.
2024 yil yanvar-sentyabr oylarida tug‘ilganlar soni 693,9 ming kishini tashkil etgan. Shundan o‘g‘il bolalar soni 360,0 ming kishini, qiz bolalar soni 333,9 ming kishi, tug‘ilganlar soni shahar joylarida 343,4 ming kishini, qishloq joylarida 350,5 ming kishini tashkil etgan. O‘tgan yilning mos davrida 716 885 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
2024 yil yanvar-sentyabr oylarida tug‘ilgan chaqaloqlar otasining yoshi bo‘yicha 10,8 foiz chaqaloqlar otasining yoshi 25 yoshgacha, 82,4 foizining otasi 25-39 yoshlarga hamda 6,8 foiz chaqaloqlarning otasi 40 yosh va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, tug‘ilgan chaqaloqlar onasining yoshi bo‘yicha 39,5 foiz chaqaloqlar onasining yoshi 25 yoshgacha, 59,3 foizining onasi 25-39 yoshlarga hamda 1,2 foiz chaqaloqlarning onasi 40 yosh va undan katta yoshdagilardan iborat bo‘lgan.
Shaharlarda tug‘ilish yuqoriroq sur’atda qisqarmoqda. Eng yuqori tug‘ilish ko‘rsatkichi Surxondaryoda, lekin tug‘ilish koeffitsiyenti 30,8 promilledan 29,0 promillega tushgan. Tug‘ilish ko‘rsatkichi eng past Qoraqalpog‘istonda, tug‘ilish koefffitsiyenti 21,8 promilledan 20,6 promillegacha sekinlashgan.
Nikohlanishlar soni 179,4 minggacha qisqargan. Bu 2016 yildan beri eng past ko‘rsatkich. Nikohlanish masalasida qishloq joylarda kamayish tezroq yuz bermoqda. Erkaklarning o‘rtacha nikoh yoshi 27,4 yoshga yetgan, ayollarniki 22,5 yosh darajasida o‘zgarmay qolgan. O‘lim soni ko‘paygan. Ajralishlar soni 3 yillik o‘sishdan keyin kamaytirilgan.
O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 355,4 ming nafarga yetgan. Hududlar bo‘yicha doimiy aholisi soni eng ko‘p Samarqand viloyatida 4 275,3 ming kishi, Farg‘ona viloyatida 4 123,6 ming kishi, Qashqadaryo viloyatida 3 618,3 ming kishi, eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 926,7 ming kishi, Navoiy viloyatida 1 090,0 ming kishi va Jizzax viloyatida 1 530,3 ming kishini tashkil etgan.
Iqtisodchi Behzod Hoshimovning qayd etishicha, O‘zbekiston boyimasdan turib aholi soni kamayayotgan kam sonli davlatlardan biri.
“Bu absolyut ko‘rsatkichlar, lekin. kishi boshiga tug‘ilish esa undan ham keskin tushib bormoqda. O‘zbekiston boyimasdan turib tug‘ilishi tushib ketayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Tarixda kam bo‘lgan bu. Deyarli bo‘lmagan”, degan Hoshimov.