So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Toshkentda ekologiyani ifloslantirayotgan sanoat korxonalari tekshiriladi
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atrof muhitni ifloslantirayotgan sanoat korxonalari tekshirilyapti. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanish darajasining ortib borayotgani va “salbiy” reytinglarda yetakchi o‘rinlarga chiqayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlar barchada asosli tashvish va qayg‘u uyg‘otmoqda.
Poytaxt atmosfera havosini ifloslanishiga quruq iqlim, qumli va qumloq tuproqlar kabi tabiiy omillar bilan bir qatorda iqlim o‘zgarishi, sanoat va avtotransport vositalaridan tashlamalar chiqarish hajmlarining oshib borishi, e’lon qilingan moratoriy davrida ham qimmatbaho daraxtlar noqonuniy kesilishi, shaharsozlik bosh rejalari tasdiqlanmasdan qurilish ishlarining jadal amalga oshirilishi bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Prokuratura organlari ushbu holatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, prezidentning tegishli farmon va topshiriqlari hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlari ijrosini ahvoli atmosferaga chiqarilayotgan zararli tashlamalar miqdorini kamaytirish va atmosfera havosining holatini yaxshilashga asosiy e’tiborni qaratgan holda joriy yilning sentyabr oyidan boshlab respublika bo‘yicha rejaviy tekshirish tadbirlari o‘tkazilishini yo‘lga qo‘ydi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Tahlillarda I va II toifaga kiruvchi, atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarida 2024 yilda belgilangan zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish ishlari paysalga solinayotgani, shu jumladan Toshkent viloyatda 27 ta korxonadan 19 tasida, Toshkent shahrida esa 31 ta korxonadan 8 tasidagina bu ishlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgan.
Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tekshirishlar Ekologiya, Sog‘liqni saqlash, Transport, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar mutaxassislari jalb qilingan holda bevosita Bosh prokuratura tomonidan joriy yilning 22 oktyabr kunidan boshlab amalga oshirila boshlangan.
Bosh prokuratura tomonidan aniqlangan qonunbuzilishi holatlari alohida nazoratga olinishi hamda ular bo‘yicha keskin va murosasiz choralar ko‘rib borilishi qat’iy ta’minlanadi.



