So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent shahrining drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd so‘m ajratildi
Toshkent shahar hokimi qaroriga ko‘ra yog‘ingarchilikda suv toshqinlari bilan bog‘liq qurilish-ta’mirlash ishlari uchun “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga 6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Prezident 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahrining drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirgan edi.
Poytaxt hokimi Shavkat Umrzoqovning 22 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra Toshkent shahar mahalliy budjetining 2024 yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha orttirib bajarilgan qismi hisobidan shahar drenaj tizimini yaxshilash maqsadida 6 mlrd so‘m ajratildi.
Qarorda keltirilishicha, pullar yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olish yuzasidan qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun Toshkent shahar hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasiga taqsimlanadi.
Shuningdek, hujjatda drenaj tizimi uchun Toshkent shahar mahalliy budjetining 2024 yil davomida shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan 20 mlrd 400 mln so‘m ajratilgani ta’kidlangan.