So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
O‘zagroinspeksiya Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
Prezident farmoni bilan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zagroinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi va qo‘shimcha vazifalar yuklandi.
O‘zagroinspeksiyaga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:
⁃ bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarishni nazorat qilish;
⁃ bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bug‘doyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga ko‘ra sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bug‘doy sinflari (sifat sertifikati) bo‘yicha sertifikatlashni nazorat qilish;
⁃ import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lik va ko‘chat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlash;
⁃ barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta’mirlash xizmatlarining sifati, qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan o‘tkazish ustidan nazoratni amalga oshirish;
⁃ sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.