So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
"Men to‘q, bolalarim och bo‘lmasligi kerak": Samarqand shahrida ota aliment uchun 5 000 dollar to‘ladi
Samarqand shahridagi tadbirkor ota o‘z farzandlarining moddiy ta’minoti uchun oldindan 5 ming AQSH dollar aliment pullarini to‘lab berdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sud buyrug‘iga ko‘ra qarzdor T.I.dan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun undiruvchi B.D. foydasiga aliment undirish haqidagi ijro hujjatiga ko‘ra MIBning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
"Ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor T.I. bilan suhbat o‘tkazilib, unga aliment pulini to‘lash taklif etilganda "Men to‘q, bolalarim och bo‘lmasligi kerak" deb 5 000 AQSH dollar miqdorida aliment uchun to‘lov qildi", deya xabar beradi viloyat MIB axborot xizmati.