So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
1 noyabrdan binolar energiya samaradorligi bo‘yicha toifalarga ajratiladi
Bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasi energiya resurslari iste’moli qiymatining og‘ish kattaligi (energiya samaradorlik indeksi) bo‘yicha aniqlanadi. Bunda haqiqiy iste’mol qiymati bilan me’yoriy (etalon) iste’mol qiymati o‘rtasidagi farq hisoblanadi.
Hukumatning joriy yil 19 oktyabrdagi tegishli qarori bilan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari hamda bino va inshootlar energiya iste’molini energiya auditidan o‘tkazish tartibi belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, 1 noyabrdan foydalanish maydoni 200 kv. metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun «A», «B», «C», «D», «Ye», «F» va «G» belgilari joriy etiladi.
Bunda «A» toifasi energiya samaradorligi eng yuqori, «G» toifasi esa energiya samaradorligi eng kam bo‘lgan bino va inshootlarni belgilash uchun qo‘llaniladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi energiya samaradorlikni oshirishda energiya auditidan o‘tkazish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Shuningdek, vazirlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan joriy yil yakunigacha foydalanish maydoni 200 kv.metrdan ortiq bino va inshootlar uchun o‘tkazilgan energiya auditi yakunlari bo‘yicha hisobotlar va energetika pasportlarining elektron reyestrini yuritishga mo‘ljallangan elektron platformani ishlab chiqadi va ishga tushiradi.
Bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasi energiya resurslari iste’moli qiymatining og‘ish kattaligi (energiya samaradorlik indeksi) bo‘yicha aniqlanadi. Bunda haqiqiy iste’mol qiymati bilan me’yoriy (etalon) iste’mol qiymati o‘rtasidagi farq hisoblanadi.
Ushbu qiymatning og‘ishi miqdoriga qarab, samaradorlik toifasi aniqlanadi. Odatda, past iste’molga ega binolar yuqori samaradorlik toifasiga kiradi.