So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Gaz hisoblash uskunalarini talon-taroj qilgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu filialning Andijon shahar boʻlimi mansabdor shaxslari va boshqalar 839 mln soʻmlik gaz hisoblash uskunalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Sharof Rashidov tuman boʻlimi tomonidan “Sharof Rashidov tumangaz” gaz taʼminot boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu boʻlim mansabdor shaxslari jami 93 mln soʻmlik gaz hisoblash uskunalarini oʻzlashtirishib yuborishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.



