So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Nukusda kanalda cho‘kayotgan 18 yoshli qiz Milliy gvardiya tomonidan qutqarib qolindi
Milliy gvardiya xodimlarining tezkor harakati va xabar bergan fuqaroning yordami bilan cho‘kayotgan qiz G.Q. qutqarib olinib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Nukus shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Nukusda kanalda cho‘kayotgan 18 yoshli qiz Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
20 oktyabr kuni soat 16:10 larda Nukus shahar hududidan oqib o‘tuvchi “Do‘stlik” kanalida piyodalar o‘tish uchun mo‘ljallangan ko‘prikdan o‘tayotgan fuqaro A.A. suvda cho‘kayotgan qizni ko‘rib qolgan va hududga yaqin bo‘lgan Markaziy dehqon bozorida xizmat o‘tayotgan Milliy gvardiya xodimlariga xabar bergan.
Milliy gvardiya xodimlarining tezkor harakati va xabar bergan fuqaroning yordami bilan cho‘kayotgan qiz G.Q. qutqarib olinib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Shundan so‘ng chaqiruvga asosan yetib kelgan tez tibbiy yordam orqali qiz Nukus shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy markaziga yotqizilgan. Hozir ahvoli yaxshi.
Holat yuzasidan Nukus shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.