So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Sirdaryo tumanida hamshirani kaltaklagan qizlarning onasi jarimaga tortildi
Voqea sodir bo‘lgan maktabda sayyor sud bo‘lib o‘tgan. Ushbu holat ma’muriy huquqbuzarlik deya baholanib, hamshirani kaltaklagan qizlarning onasi BHMning 2 baravari, ya’ni 750 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Avvalroq "Sirdaryoda o‘quvchi qizlar o‘qituvchini emas, maktab hamshirasini urgan" sarlavhali maqola e’lon qilgan edik.
Voqea 7 oktyabr kuni Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda sodir bo‘lgan. Videoda o‘quvchi qizlar ayolga qo‘l ko‘tarib, sochidan tortganini, ayol ham ulardan birining sochini tortganini ko‘rish mumkin.
Effect.uz muxbiri holatga oydinlik kiritish uchun Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi bilan bog‘langanida u voqea chindan ham tumandagi 2-maktabda ro‘y bergani, biroq kaltaklangan o‘qituvchi emas, maktab hamshirasi bo‘lganini, hamshirasi o‘quvchilarni tartibga chaqirganida o‘quvchi qiz unga bo‘ysunmasdan gap qaytarganini va yuqori sinfda o‘qiydigan opasini chaqirib, birgalikda hamshirani kaltaklaganini ochiqlagan edi.
Shuningdek, matbuot kotibi holat Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va soha mas’ullari nazoratiga olinganini, tuman IIB tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumani sudiga yuborilganini ham ma’lum qilgandi.
"Mening yurtim" telekanalida ma’lum qilinishicha, voqea sodir bo‘lgan maktabda sayyor sud bo‘lib o‘tgan. Ushbu holat ma’muriy huquqbuzarlik deya baholanib, hamshirani kaltaklagan qizlarning onasi BHMning 2 baravari, ya’ni 750 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.



