So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
"G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi fosh etildi
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti tezkor tadbir davomida O‘zbekistonga kirish uchun post orqali piyoda harakatlangan fuqaroning qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilganda sumkadagi havo kompressori ichiga yashirincha joylashtirilgan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, 9 dona polietilen paketlarga o‘ralgan, kukunsimon, o‘tkir hidli moddalar borligi aniqlandi.
Markaziy bojxona laboratoriyasining ekspertiza natijalariga ko‘ra, jami og‘irligi 4,3 kg tashkil etuvchi mazkur moddalar “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi ekani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.