So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
45 mlrdga yaqin energiya resurslari sohasidagi qarzdorlik undirilgan – MIB
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qarorlariga asosan energiya resurslari sohasida qarzdorliklarni undirish bo‘yicha bir qator ishlar olib bormoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ foydasiga 539 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 22,4 mlrd. so‘m hamda "Hududgaz" AJ korxonalari foydasiga esa 4 686 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 44,9 mlrd. so‘m qarzdorlik amalda undirilgan. Shuningdek, sud va boshqa organlar hujjatlariga asosan boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga qarzdorliklarni undirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga qarzdorliklarni undirish bo‘yicha bo‘limlar ish yurituviga 30 mingdan ortiq 41 mlrd. so‘mlik hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, ko‘rilgan keskin choralar natijasida 21 mingta ijro hujjatlari bo‘yicha 16,8 mlrd. so‘m qarzdorlik undirilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlarning nomida bo‘lgan 802 mln. so‘mlik mol-mulklar belgilangan tartibda xatlanib, hozirda ularni sotuvga chiqarish choralari ko‘rilmoqda, shuningdek, 420 ta ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik undiruvi fuqarolarning ish haqlariga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.