So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Xattotlik festivali, Qurʼon va sunʼiy intellekt, ipak yoʻli haqida videooʻyin: Toshkentda xalqaro madaniy meros haftaligi boshlandi
Joriy yilning 18-26-oktyabr kunlari Oʻzbekiston poytaxti yuzlab olimlarni birlashtirib, xalqaro madaniy muloqot markaziga aylanadi.
Haftalik doirasida 20 dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan turli nufuzli tashkilotlarning 100dan ortiq olimlari maʼruzalari tinglanadi. Shu bilan birga mazkur xalqaro madaniy meros haftalida Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy platformasining “Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari” ekspozitsiyasini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan 100dan ortiq loyihalarning taqdimotini oʻtkazish belgilangan.
Buyuk ipak yoʻli va Oʻzbekiston bilan bogʻliq tarixiy mavzular boʻyicha videooʻyinlar yaratish, “Oʻzbekiston hududidagi ilk petrogliflar” katalogini chop etish, “Oʻzbekiston shaharsozligi tarixi” medialoyihasi, “Temuriylar davri qurʼon qoʻlyozmalari faksimile nusxalarini yaratish”, “Amir Temur nabirasiga atab koʻchirtirgan Qurʼonning faksimilesini tayyorlash”, Qurʼon zalida 24 soat tilovat qilinishini joriy etish, Qurʼon matnlarini oʻrganishda sunʼiy intellektdan foydalanish: islom maʼnaviy merosiga yangi innovatsion yondashuvlar, “Xalqaro Qurʼon xattotligi festivalini yoʻlga qoʻyish kabi muhim ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar shular jumlasiga kiradi. Haftalik davomida Oʻzbekiston madaniy merosiga oid muhim tadqiqotlarning natijasi eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Haftalik doirasida Toshkent aholisi va poytaxt mehmonlari tashrif buyurishi mumkin boʻlgan koʻrgazmalar tashkil etiladi. Oʻzbekistonning boy tarixiy va madaniy merosiga bagʻishlangan noyob ekspozitsiyalar Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining Toshkent filialida namoyish etiladi.
Ilmiy doira vakillari va rasmiylar ishtirokida mavzuga oid forumlar oʻtkaziladi. Madaniy meros haftaligining har bir kuni islomgacha boʻlgan davrdan boshlab Yangi Oʻzbekistonda Uchinchi Renessans davrigacha boʻlgan davrlarga bagʻishlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi” mega loyihasi taqdimoti haftalikning muhim qismi boʻladi. Madaniy meros haftaligi ishtirokchilari qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosiga tashrif buyurish va u yerda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda noyob ilmiy loyihalar taqdimoti oʻtkazish uchun noyob imkoniyatga ega boʻladilar. Shuningdek, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) aʼzolari ishtirokida tashkil etiladigan Markazning muzey zallarida mavzuli koʻrgazma va ekspozitsiyalar ochiladi.
Umuman olganda, Madaniy meros haftaligi Samarqandda oʻtkazilgan VIII Kongress doirasida boshlangan va tasdiqlangan bir qator yirik loyihalarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Endilikda, ushbu loyihalarni ishlab chiqish jarayoni boshlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda boshlangan madaniy meros haftaligi “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” deb nomlanadi. Ushbu tadbir doirasida konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etiladi. Tadbirda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Toshkentda Madaniy meros haftaligini oʻtkazishning asosiy maqsadi xalqaro muloqot va oʻzaro bilim almashishni mustahkamlash, chet ellik hamkorlar bilan yangi qoʻshma loyihalarni tasdiqlash boʻlib, bular mamlakat madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish uchun yoʻnaltirilgan.
Maʼlumot oʻrnida, bu tadbirlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq ravishda oʻtkazilmoqda.