So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
NamMQI talabasi Germaniya kompaniyasi bilan 6,5 mln dollarlik shartnoma imzoladi
Laboratoriya Chortoq tumanida Germaniya, Turkiya va Serbiya investorlari hisobiga quriladi.
Namangan muhandislik-qurilish instituti sirtqi taʼlim yoʻnalishi talabasi, “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni sohibi, “Fujoze teks” MCHJ rahbari Jahongir Abdurahimov Germaniyaning “Mimiya” kompaniyasi rahbari Yasmin Saripkaya bilan qiymati 6,5 mln AQSH dollari boʻlgan shartnomani imzoladi. Bu haqda NamMQI media markazi xabar bermoqda.
Zotdor parrandalarni chatishtirish yoʻli orqali yangi parranda zotlarini yaratishga moʻljallangan laboratoriya loyihasi tufayli ularning importiga ehtiyoj qolmaydi.
Loyiha ishga tushirilganidan soʻng parranda mahsulotlarining 80 foiz eksport qilinishi, qolgani esa ichki bozorni toʻldirishga xizmat qilishi koʻzda tutilgan. Laboratoriya Chortoq tumanida Germaniya, Turkiya va Serbiya investorlari hisobiga quriladi. Natijada 140 kishi muqim ish bilan taʼminlanadi.