So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
50 ming AQSh dollari yashirincha olib oʻtilayotganda fosh etildi
Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berishicha, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postida fuqaro yonidagi 5000 AQSh dollari hamda 38 mln soʻm miqdordagi milliy valyutalarni taqdim etgan. Ushbu naqd pullar qayta hisoblanganda uning mikdori aslida 10 000 AQSh dollari va 61 580 000 soʻm ekanligi aniqlangan.
Shuningdek fuqaroda yana 30 ming AQSh dollarini oyoq kiyimi ostiga va 10 ming AQSh dollarini yon choʻntaklariga berkitib, olib chiqishga uringanligi tasdiqlangan.
Hozirda fuqaroning mazkur xatti-harakati yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, jami 50 ming AQSh dollari va 61 580 000 soʻm miqdoridagi milliy valyutalar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olingan.
Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 mln soʻmgacha boʻlgan naqd valyuta mablagʻlarini ixtiyoriy tarzda yoʻlovchi bojxona deklarasiyasida koʻrsatib, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi.