So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda harorat pasayib, qor yogʻishi kutilmoqda
Ertaga, 20-dekabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga Kavkazdan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi.
Front kirib kelishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha biroz qor yogʻishi kutilmoqda, baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, havo harorati 0+3 iliqgacha pasayadi. 21-dekabr kuni sovuq antitsiklon kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi.
Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir va qor koʻrinishida biroz yogʻingarchilik boʻladi. Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi -3 sovuq va +2 iliq, kunduzi +3+8 iliq atrofida boʻladi.
Oʻzbekiston shimolida kechasi harorat -9-11 sovuqgacha kuchayadi, kunduz kuni 0-3 sovuqgacha pasayadi. 22-23-dekabr kunlari Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 22-dekabrda Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi.
Harorat kechalari -2-5 sovuqgacha, kunduz kunlari +2+5 iliqgacha pasayadi. Respublika boʻyicha kechasi va ertalab tuman tushadi. 21-22-dekabr kunlari yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.