So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
"Suv purkalishi evaziga binoning tom qismiga qisman zarar yetgan" – O‘rmon xo‘jaligi agentligi
Agentlik binosi katta talafot ko‘rmagan. Yong‘in chiqqan universitet binolariga esa birmuncha ziyon yetkazilgan.
"Ijtimoiy tarmoqlardagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi yonib ketgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deya xabar bermoqda O‘rmon xo‘jaligi agentligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, suv purkalishi evaziga binoning tom qismiga qisman zarar yetgan, lekin bu ham aytarli darajada emas.
Qo‘shimcha qilinishicha, agentlik binosi katta talafot ko‘rmagan. Yong‘in chiqqan universitet binolariga esa birmuncha ziyon yetkazilgan.
“Ayni paytda mutaxassislar guruhi voqea joyida ish olib bormoqda. Tez orada yong‘in kelib chiqish sabablari, yong‘in asli qayerdan boshlangani, yetkazilgan ziyon, asl holat haqida batafsil ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 30 sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.