So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
HUMO to‘lov tizimini sotib olishga 6 kompaniya da’vogarlik qilmoqda
O‘zbekiston Milliy banklararo protsessing markazining 100 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha auksionda ishtirok etish uchun ariza bergan sakkizta xorijiy va o‘zbekistonlik kompaniyadan olti nafar talabgor barcha talablarga javob berishi aniqlanib, xususiylashtirishning keyingi bosqichiga o‘tishga ruxsat berildi.
O‘zbekiston Milliy banklararo protsessing markazining (HUMO to‘lov tizimi) 100 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha auksionda ishtirok etish uchun sakkizta xorijiy va o‘zbekistonlik kompaniya ariza berdi, deb xabar qildi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, olti nafar talabgor barcha talablarga javob berishi aniqlanib, xususiylashtirishning keyingi bosqichiga o‘tishga ruxsat berildi.
Endilikda ular 2024 yil 15 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar «E-auksion» elektron platformasi orqali majburiy takliflarni yuborishlari va o‘zlarining majburiy narx takliflari summasining kamida 1 foizi miqdorida kafolat to‘lovini amalga oshirishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, HUMO tizimi 2018 yil sentyabr oyida tashkil etilgan. Faoliyati davomida u 23 milliondan ortiq to‘lov kartalarini chiqargan.
Kompaniyaning ustav kapitali 155,4 milliard so‘mni (12,4 million dollar) tashkil etadi.