So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Farg‘ona hamda Qo‘qon davlat universitetlari tashkil etiladi
Prezidentning «Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi bilan Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti tashkil etiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali Farg‘ona davlat universiteti tasarrufiga o‘tkaziladi.
Qaror loyihasi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2025/2026 o‘quv yiliga qadar Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Qo‘qon davlat universitetining boshqaruv bo‘g‘ini va o‘quv jarayoniga yuqori malakali, tegishli sohalar bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga, ilmiy salohiyatga, xalqaro tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish vazifalari yuklangan.
Vazirlik, shuningdek, Farg‘ona davlat texnika universiteti hamda Qo‘qon davlat universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlariga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlar tashkil etish choralarini ko‘radi.
Hujjat loyihasi bilan:
Farg‘ona politexnika instituti akademik litseyi negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali akademik litseyi negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti akademik litseyi negizida Qo‘qon davlat universiteti akademik litseyi tashkil etiladi.