So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Toshkentdan Al-Aynga yangi muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi
Toshkentdan Al-Aynga yangi muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi. Parvozlarning dastlabki bosqichida reyslar haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

O‘zbekiston turizm va aviatsiya sohasida yana bir yangilik – joriy yil 22-sentyabr kuni Toshkentdan Al-Aynga yangi muntazam reyslar yo‘lga qo‘yildi. EASYBOOKING kompaniyasi Air Samarkand bilan hamkorlikda ishga tushirgan ushbu Rotana Jet-osonlogosi bilan mashhur bo‘lgan eksklyuziv reysi endi yo‘lovchilarimizga yangi va qulay imkoniyatlarni hadya etish bilan birga, balki ikki shahar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni ham rivojlantiradi.
Al-Ayn Birlashgan Arab Amirliklarining to‘rtinchi yirik shahri bo‘lib, u mamlakatning madaniy merosida muhim o‘rin egallaydi. Ushbu shahar cho‘lning o‘rtasida joylashgan bo‘lib, haqiqiy oazis sifatida tanilgan. Al-Aynning yam-yashil bog‘lari va favvoralari, shuningdek, tarixiy obidalar, masalan, Al-Jahili forti va mashhur Al-Ayn oazisi, uni sayyohlar uchun jozibador joyga aylantiradi. Al-Ayn, shuningdek, turli madaniy tadbirlar va festivalar o‘tkaziladigan markaz sifatida ham tanilgan, bu esa uni nafaqat tarixiy, balki zamonaviy madaniyat nuqtayi nazaridan ham qiziqarli qiladi.
“Biz uchun eng katta qadriyat bu avvalo bizni tanlagan har bir inson uchun eng yaxshi taassurot va tajribalarni taqdim etishdir, — dedi EASYBOOKING bosh direktori Odil Xasanov, —Yuqori sifat standartlarini o‘rnatish, sayohatni qulaylashtirish orqaligina biz o‘z qadriyatlarimizga sodiq qola olamiz, albatta! Shu o‘rinda, aytib o‘tishim kerak, AIR Samarkand va Rotana Hotels bilan hamkorlik o‘ziga xos va yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishda yangi imkoniyatlar ochadi”.
Sayyohlik xizmatlari bozori yetakchisi hisoblangan EASYBOOKING sayohat paketi ichida qator qulayliklarni taqdim etmoqda. 7 kunlik ushbu tur parvozlar, tezkor va qulay transferlar, sug‘urta hamda a’lo darajadagi xizmat ko‘rsatish va hashamatli xonalari bilan mashhur bo‘lgan Rotana Hotels tarmog‘ining eng yaxshi mehmonxonalarini o‘z ichiga olgan eksklyuziv paketdir. Parvozlarning dastlabki bosqichida reyslar haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Chiptalar va paketli sayohatlarni EASYBOOKING tarmog‘idagi agentliklardan yoki easybooking.uz veb-saytidan olish mumkin.



