So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fuqarolarga pensiya tayinlash jarayoni soddalashtirildi
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida imzolangan Qo‘shma ko‘rsatmaga muvofiq fuqarolarga pensiya tayinlash uchun arxiv ma’lumotnomalarini taqdim qilishda fuqarolar ovoragarchiligini yanada bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan Fuqarolarga pensiya tayinlash uchun arxiv ma’lumotnomalarini taqdim qilishda fuqarolar ovoragarchiligini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma ko‘rsatmada belgilab o‘tilgan vazifalar yuzasidan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2021 yil 4 maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolarda pensiyaga chiqish huquqi paydo bo‘lgan chog‘ida ishlamaydigan fuqarolarga o‘zlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilish orqali “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmati joriy etilishi belgilangan.
Tadbirda qayd etilganidek, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida imzolangan Qo‘shma ko‘rsatmaga muvofiq fuqarolarga pensiya tayinlash uchun arxiv ma’lumotnomalarini taqdim qilishda fuqarolar ovoragarchiligini yanada bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda.
Unga ko‘ra, endilikda “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxivlar fuqarolarning ish haqi va ish stajini hamda yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini taqdim etishni qat’iy ravishda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali ko‘rsatadi.
Pensiya tayinlashda axborot tizimlarida zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Yagona portalda (arm.gov.uz) ochilgan shaxsiy kabinet orqali Idoralararo integratsiyalashgan platforma yordamida yo‘llagan so‘rovi asosida “my.archive.uz” dasturi orqali QR-kodli arxiv ma’lumotnomalari elektron shaklda taqdim etiladi.
Shuningdek, ma’muriy reglamentlar bilan tartibga solingan davlat xizmatlari bo‘yicha fuqarolarga muhr qo‘yilgan va imzo chekilgan arxiv ma’lumotnomalarini taqdim etish amaliyotiga barham berilmoqda. Bunda, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan so‘rovlar mustasno. Shu bilan birga, fuqaroning ish haqlari va ish stajlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini taqdim etish yuzasidan rasmiy xat kiritish, fuqarolarni arxivlarga yuborish hollariga barham berilmoqda.