So`ngi yangiliklar
Turkiya Prezidentligi veloturiga 27-aprelda start beriladi
Istanbuldagi zilzila sabab Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani maʼlum boʻldi
Gurbanguli Berdimuhamedov “Oliy Darajali Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi
Oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan fuqaro jamiyat va davlatga 263 million soʻm zarar yetkazdi
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Surxondaryoda 299 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallab olingan
Surxondaryoda koʻrilgan choralar natijasida 471 ta holatda 198,7 gektar oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydoni oʻz holatiga qaytarildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, uning shahar va tumanlardagi boʻlimlari tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida jami 895 ta holatda 299 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi. Bu boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ularning har biriga ogohlantirish xati berildi.
– Koʻrilgan choralar natijasida 471 ta holatda 198,7 gektar oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydoni oʻz holatiga qaytarildi. Qolgan 424 holatdagi 100,46 gektar yer maydonini oʻz holatiga qaytarish choralari koʻrilmoqda. 307 holatdagi 68,7 gektar yer maydoni boʻyicha sudlarga davo arizasi kiritildi”, dedi — Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shoxrux Jumayev.
Sugʻoriladigan yerlarda noqonuniy qurilish ishlari olib borilgani uchun 45 ta holatdagi 12,1 gektar boʻyicha toʻplangan hujjatlar prokuraturaga oʻtkazildi. Jumladan oʻzboshimchalik bilan egallash holatlari yuzasidan eng koʻp bartaraf etilgan hududlar Muzrabot tumanida 63 ta, Jarqoʻrgʻon tumanida 56 ta, Qumqoʻrgʻon tumanida 43 ta, Denov tumanida 41 ta, Termiz tumanida 50 ta va Sherobod tumanida 46 ta noqonuniy holatlar bartaraf etilib, yer maydoni oʻz holatiga qaytarilishi taʼminlangan.



