So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston-Polsha ishbilarmon ayollari biznes-forumi oʻz ishini boshladi
20-sentyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Oʻzbekiston-Polsha ishbilarmon ayollari biznes-forumi oʻz ishini boshladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, onlayn va oflayn formatda oʻtkazilayotgan forumda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston hukumati, vazirlik, idora va tashkilotlar masʼul xodimlari, xalqaro tashkilotlar, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi xodimlari, olimlar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosarlari, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari va boshqalar ishtirok etmoqda.
Polsha delegatsiyasiga Polsha Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi Bojena Jelazovska, Polsha Ayollar ligasi assotsiatsiyasi raisi Aldona Mixalyak va Polsha Ayollar ligasi assotsiatsiyasi raisining oʻrinbosari Silviya Rujitska boshchilik qilmoqda.
Forum Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Ozoda Parpiboyeva kirish soʻzi bilan ochilgan.
Eslatib oʻtamiz, tadbir Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasida davom etayotgan hamkorlik haftaligi doirasida boʻlib oʻtmoqda.
Bundan tashqari, haftalik doirasida Xorazm viloyatida Oʻzbekiston-Polsha qoʻshma biznes-forumi, Toshkent va Urganchda mashhur polshalik xonanda Anna Germanning Oʻzbekistonda yaratilgan qoʻshiqlaridan iborat “Muhabbat sadosi” konsert dasturi, Oʻzbekiston va Polsha tarixchilar komissiyasining yigʻilishi, shuningdek, qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkaziladi.