So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida yo‘l harakatida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining xizmat vaqtida qoidabuzarlikni aniqlagan taqdirda shu joyning o‘zida jarima qo‘llashi vakolati bekor qilinmoqda hamda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuborilishi, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilanmoqda.
Senatning 57-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish, shu jumladan haydovchilar va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, yo‘l harakatining tashkil etilishini to‘liq raqamlashtirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi.
Natijada joriy yilning 6 oyi davomida respublikadagi umumiy yo‘l-transport hodisalari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,6 foizga, o‘lim bilan bog‘liq hodisalar 1,1 foizga, tan jarohati bilan bog‘liq holatlar 9,2 foizga kamayishiga erishildi.
Muhokama etilgan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda hamon saqlanib qolayotgan tizimli muammolarni hal etish va aholiga qulaylik yaratish hamda qonunlarga hurmat hissini shakllantirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 171-moddasi oltinchi qism bilan to‘ldirilib, unda foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar haqida o‘z vaqtida fuqaroni xabardor etish va chora ko‘rish bilan bog‘liq yangi norma kiritilmoqda.
Bunda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuborilishi, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilmasligi belgilanmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda tez tibbiy yordamga va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari xizmatlariga muhtoj fuqarolarimizga ushbu yordam va xizmatlar zudlik bilan ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari katta tezlikda yoki yo‘l belgilariga rioya etmay harakatlanishi bilan bog‘liq holatlar mavjud.
Bunday holatlar, o‘z navbatida, avtomatlashtirilgan foto- va video texnik vositalar orqali qayd etilmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 171-moddasiga asosan yuqorida ko‘rsatilgan holat yuzaga kelgan hollarda, tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari xizmatlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, ma’muriy ish MJtKning 271-moddasi asosida tugatilishi belgilangan.
Muhokama qilingan qonun orqali amaliyotga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga asosan tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talabi bekor qilinmoqda.
Qayd etish joiz, Toshkent shahrida 2023 yil iyun oyidan boshlab o‘tkazilgan reyd tadbirlarida individual harakatlanish vositalari boshqaruvchilari tomonidan 200 dan ortiq yo‘l harakati qoidalari buzilganligi aniqlangan.
Shu sababli skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun, jumladan skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashiganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun bilan yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmatni o‘tash vaqtida yo‘l harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llashi mumkinligini nazarda tutuvchi vakolati bekor qilinmoqda.
Yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan, bugungi kunda yuk avtotransport vositalari bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari soni hanuzgacha yuqoriligicha qolmoqda, oqibatda esa halok bo‘lganlar va jarohat olgan fuqarolarning soni ham kam emas.
Munira, [Pt 20.09.24 15:52]
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarida yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun yo‘lning chetki chap qatorini egallashga ruxsat etilib, boshqa hollarda chap qatorda harakatlanish taqiqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik uchun amaldagi qonunchilikda jazo choralari belgilanmaganligi sababli aksariyat hollarda haydovchilar yo‘llarning chap qatorlarida bemalol harakatlanishmoqda va bu holat avtomobil yo‘llarida tirbandliklarga va avariya holatlari sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, 2024 yilning o‘tgan 7 oyida yuk avtotransport vositalari bilan bog‘liq 303 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani oqibatida 108 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 227 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Aynan shu jihatlarni e’tiborga olgan holda qonunda yuk avtomobillari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanganligi (ruxsat etilgan hollar bundan mustasno) uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga, shuningdek fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.