So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Telegram Fransiyaning yuridik so‘rovlariga javob bera boshladi
Fransuz nashrining ma’lum qilishicha, 2013 yildan 2024 yilgacha Fransiya politsiyasi 2460 ta so‘roviga Telegram'dan javob olmagan
Pavel Durov hibsga olinganidan so‘ng Telegram ma’muriyati Fransiya rasmiylariga jinoiy ishlar bo‘yicha bir qancha so‘rovlarga javob berdi. Bu haqda Liberation nashri xabar bermoqda.
“Messenjer voyaga yetmaganlar milliy politsiya boshqarmasi (Ofmin) tomonidan bir nechta jinoiy tergovlarda berilgan so‘rovlarni haqiqatan bajardi va ba’zi gumondorlarni aniqlashi mumkin bo‘lgan materiallarni taqdim etdi. Xususan, gap pedofiliya haqida ketmoqda”, deb yozadi nashr.
Buni Liberation nashriga Parij prokuraturasi kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Joanna Bruss tasdiqlagan.
“Sirlar baribir oshkor bo‘ladi”, dedi u.
Pavel Durov 24 avgust kuni kechqurun Parij aeroportida qo‘lga olingan. Hibsga olish uchun order, rasmiylarga ko‘ra, tadbirkor telegramdan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishdan bosh tortgani bilan bog‘liq. 28 avgust kuni Parij sudi Durovni Fransiyadan chiqib ketish taqiqlangan holda 5 million yevro garov evaziga ozod qilgan edi.
Liberation nashriga ko‘ra, Durov so‘roq paytida Fransiya kontrrazvedkasi bilan maxsus aloqa kanali borligini, bu orqali bir necha teraktlarning oldi olinganini aytgan. Shu bilan birga, manbalar gazetaga ma’lum qilishlaricha, 2013 yildan 2024 yilgacha Fransiya politsiyasi Telegram'dan 2460 ta so‘rovga javob olmagan.
Durov hibsga olinganidan keyin Seul politsiyasi ham Telegram'da chuqur soxta pornolar tarqatilgani sababli Telegram'da tergov boshlagan edi. Messenjer Janubiy Koreya rasmiylarining iltimosiga ko‘ra, deepfake'lar bilan porno kontentni olib tashlagan.