So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Muhteshem doner” kafesi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi restoranlarning birida ommaviy zaharlanish yuz bergani va jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi restoranlarning birida ommaviy zaharlanish yuz bergani va jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 6-8 sentyabr kunlari poytaxtimizda ovqatdan zaharlanish belgilari bilan jami 23 nafar shaxslar, shulardan 22 nafari Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga hamda 1 nafari Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ularning barchasi 2024 yilning 5 sentyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasi, 2-uy 2-A-xonadonda joylashgan MCHJ “MUHTESHEM DONER” kafesida bir necha turdagi taomlarni iste’mol qilganliklari ma’lum bo‘ldi.
Olib borilgan davolash muolajalari natijasida bemorlarning ahvoli yaxshilangan va 12 sentyabr 09.00 holatiga ularning 13 nafariga uylariga ruxsat berilgan. Qolgan 10 nafar bemorga davolash muolajalari davom ettirilmoqda va kasallik dinamikasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilyapti. Ayni paytda barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli holatda.
Bugungi kunga kelib, Sanepidqo‘mning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “MUHTESHEM DONER” kafesi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Birlamchi epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra, zaharlanishga kafeda tayyorlangan sous (bemorlarning barchasi iste’mol qilgan mahsulot) sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelinmoqda.



