So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Тoshkentdagi «Muhteshem Doner» restoranida mijozlar ommaviy zaharlandi
Joriy yilning 6-8-sentyabr kunlari ovqatdan zaharlanish belgilari bilan jami 23 nafar fuqaro, shulardan 22 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga hamda 1 nafari Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi.
Toshkentdagi «Muhteshem Doner» restoranida ommaviy zaharlanish yuz berdi, 23 nafar jabrlanuvchilar shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5-6-7 sentyabr kunlari ovqatdan zaharlanish belgilari bilan jami 23 nafar shaxs (22 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga hamda 1 nafari Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga) murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, ularning barchasi 2024-yilning 5-sentyabr kuni «Muhteshem Doner» restoranida ovqatlangan. Olib borilgan davolash muolajalari natijasida bemorlarning ahvoli yaxshilangan va 11-sentyabr 18:00 holatiga ularning 11 nafariga uylariga ruxsat berilgan.
«Qolgan bemorlar davolash muolajalarini olishmoqda va kasallik dinamikasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bir-ikki kun ichida qolgan bemorlarga ham uylariga ruxsat berish rejalashtirilmoqda. Jabrlanganlar orasida kafe xodimlari ham bor.
Hozirda mazkur kafe faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, iste’mol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlari davom ettirilmoqda
Birlamchi epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra zaharlanishga kafeda tayyorlangan sous (bemorlarning barchasi iste’mol qilgan mahsulot) sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelinmoqda», deya vaziyatga izoh bergan Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinovga ko‘ra, hozirgi vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.