So`ngi yangiliklar
AQSHda Charli Kirk suiqasdida gumonlanuvchining surati e’lon qilindi
O‘zbekistonda 27 ming gektardan ziyod maydon dala yong‘inlarida zarar ko‘rdi
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
“Бирлигимиз янада мустаҳкамланишини тилайман” – Қирғизистон президенти ўзбекистонлик тренер Акмал Ҳасановга Трекер совға қилди
"Bizning ajdodlarimiz o‘z qahramonlarini e’tirof etish maqsadida ot sovg‘a qilgan. Hozir avtomobil berish odatga aylandi, lekin an’anaviy ruh o‘zgarmagan – bu ko‘rsatilgan xizmat uchun hurmat va minnatdorchilik belgisidir", – dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi boks bahslarida qirg‘izistonlik atletga o‘zbekistonlik murabbiy sekundantlik qilgani xabar berilgan edi. 11 sentyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti boks bo‘yicha trener Akmal Hasanov bilan uchrashib, Munarbek Seyitbek o‘g‘lining yutug‘iga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik sifatida unga Treker avtomobilini sovg‘a qildi.
Sadir Japarov o‘zbekistonlik trenerning bu yordami O‘zbekiston va Qirg‘iziston mamlakatlarining do‘stligi va birligini mustahkamlanishiga xizmat qilganini ta’kidladi.
"Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini hamjihatlik bilan, do‘stona qo‘llashini butun dunyo ko‘rdi. Sportni tinchlik elchisi deydilar. O‘z namunaviy harakatingiz bilan o‘zaro ahillikni mustahkamlashga hissa qo‘shdingiz. Birligimiz yanada mustahkamlanishini tilayman", – deydi Japarov.
Prezident shuningdek, o‘zbekistonlik sportchilarning Parij-2024 o‘yinlaridagi yaxshi natijalarini ham e’tirof etgan.
"O‘zbekiston sportga katta e’tibor qaratmoqda. Biz esa so‘nggi 3 yillikda sportchilarimizni faol qo‘llay boshladik. Ilgari musobaqalarda qatnashish uchun zarur mablag‘ni o‘z vaqtida berolmagan vaqtlarimiz ham bo‘lgan. Bugungi kunda davlat sportchilarni vitaminlar bilan ta’minlashgacha bo‘lgan barcha zarur sharoitlarni yaratib bermoqda", – ta’kidladi u .
"Bizning ajdodlarimiz o‘z qahramonlarini e’tirof etish maqsadida ot sovg‘a qilgan. Hozir avtomobil berish odatga aylandi, lekin an’anaviy ruh o‘zgarmagan – bu ko‘rsatilgan xizmat uchun hurmat va minnatdorchilik belgisidir", – deya qo‘shimcha qildi Qirg‘iziston prezidenti.



