So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
"Agrobank" ATB Navoiy viloyati boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi — Raqobat qo‘mitasi
“Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 2 mlrd 620 mln so‘m bo‘lgan davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, Maxsus komissiya tomonidan “Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablariga amal qilinmagani holatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.
“Agobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 2 mlrd 620 mln so‘m bo‘lgan davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Raqobat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasida 2023 yil hamda 2024 yilning o‘tgan davri davomida o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazilgan.
Ushbu jarayonda boshlang‘ich narxi 2 mlrd 620 mln so‘mlik 10 ta davlat xaridlarida qonunchilik talablariga rioya qilinmagani aniqlangan.
Jumladan, tanlov hujjatlariga mos ravishda baholamaslik, muvofiqlashtirish hamda ishtirokchilar o‘rtasidagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talablar mavjudligi alomatlari kuzatilgan.
Yakunda, Maxsus komissiya tomonidan “Agrobank” ATB Navoiy viloyati boshqarmasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablariga amal qilinmaganligi holatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.