So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
O‘zbekistonda AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
Hujjatning imzolanishi qurilish maydonchasida loyihani amalga oshirish uchun tayyorlov ishlari, loyihalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish hamda litsenziyalash ishlarini amalga oshirishning faol bosqichga o‘tishini ta’minlaydi
“O‘zatom” Atom energiyasi agentligining Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi va “Atomstroeksport” AJ ("ASE" AJ, “Rosatom”ning muhandislik bo‘limi) O‘zbekistonda qurilajak kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) qurilish maydonchasida ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori Azim Axmedxadjayev va “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari – Xalqaro faoliyat bloki direktori Nikolay Spasskiy ishtirokida imzolandi.
“Bugungi imzolangan hujjat O‘zbekistonda birinchi kam quvvatli AES qurilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha faol ishlarni boshlashga qadam tashlaganimiz dalolatidir, bu esa yaqin kelajakda qurilish maydonchasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlarni boshlash imkonini beradi”, – dedi Otabek Amanov.
“Bugun imzolangan bayonnoma tomonlarning normativ va moliyaviy majburiyatlari nuqtayi nazaridan ustuvor shartlarning bajarilishini belgilab beradi. Rosatomning muhandislik bo‘limi KQAESni joylashtirish uchun litsenziya olish va qurilish maydonchasida qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha faol bosqichga o‘tishni boshlaydi”, - bu haqda ASE OAJ Markaziy Osiyoda atom elektr stansiyalarini qurish loyihalari direktori Pavel Bezrukov ma’lum qildi.
AES loyihasi bo‘yicha dastlabki ishlar yozning iyun oyida boshlangan bo‘lib, unda bo‘lajak atom elektr stansiyasi qad rostlaydigan maydonda birinchi qurilish Shtabi joylashtirilib, rejalashtirilgan muddatda ishlarni boshlash imkonini beradigan ustuvor vazifalar belgilab olingan edi.
Avgust oyining oxirida atom elektr stansiyasi quruvchilari uchun vaxta shaharchasini yaratish ishlari boshlandi. Bu atom elektr stansiyasi faoliyat yuritayotgan hududni an’anaviy kompleks rivojlantirish yo‘lidagi birinchi qadamdir – hududda madaniy-ma’rifiy loyihalar, tibbiyot tashkilotlari paydo bo‘ladi, aholi yashash punktlari odamlarni yashashga, sanoat korxonalari va tijorat tashkilotlarini esa mehnatga jalb qilishi kutilmoqda.