So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Yer fondining barcha toifalari va yer turlari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi
“Тадбиркорлик ва шаҳарсозлик фаолиятини амалга оширишда ер ресурсларининг инвестициявий имкониятларидан самарали фойдаланиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги президент фармони қабул қилинди. Farmon bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Farmonga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan:
yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatoriga muvofiq asosiy, shartli ravishda ruxsat berilgan va yordamchi turlarda belgilanadi;
shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga qo‘shimcha yuklamani kompensatsiya qilish sharti bilan yo‘l qo‘yiladi;
bunda ushbu to‘lovlar Toshkent shahrida 2027 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment doirasida kiritilgan qurilish hajmining har bir kub metri uchun undiriladigan to‘lovlar shaklida olinadi;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha) hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha) ruxsat etilgan foydalanish turini belgilash va o‘zgartirish masalalarida vakolatli organlar hisoblanadi.