So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
O‘zbekistonda fuqarolarni arxivlarga yuborish hollariga barham beriladi
Endilikda “O‘zarxiv” ma’lumotnomalarini taqdim etish davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali amalga oshiriladi.

Fuqaroning ish haqlari va ish stajlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini taqdim etish yuzasidan rasmiy xat kiritish, fuqarolarni arxivlarga yuborishi hollariga barham beriladi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zarxiv" agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ma’lum qildi.
“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxivlar:
Fuqarolarning ish haqi va ish stajini hamda yaroqsiz holatga kelgan yoki yo‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini taqdim etishni qat’iy ravishda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali ko‘rsatadi;
pensiya tayinlashda axborot tizimlarida zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Yagona portalda (arm.gov.uz) ochilgan shaxsiy kabinet orqali Idoralararo integratsiyalashgan platforma yordamida yo‘llagan so‘rovi asosida “my.archive.uz” dasturi orqali QR-kodli arxiv ma’lumotnomalari elektron shaklida taqdim etiladi;
Ma’muriy reglamentlar bilan tartibga solingan davlat xizmatlari bo‘yicha fuqarolarga muhr qo‘yilgan va imzo chekilgan arxiv ma’lumotnomalarini taqdim etish amaliyotiga barham berilmoqda.
Bunda, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan xorijdan kelib tushgan so‘rovlar mustasno.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1-yarim yillik hisobot davrida arxivlar tomonidan fuqrolarning ijtimoiy-huquqiy mazmundagi 250 mingdan ziyod so‘rovlari ijrosi ta’minlangan bo‘lsa, shundan qariyib 20 foizi arxivlarga fuqarolarning to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaati asosida amalga oshirilgan.
Shuningdek, yurtdoshlarimizdan arxivlar tomonidan mazkur tartib buzilishi guvohi bo‘lsa yoki g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilganda “O‘zarxiv” agentligining 55-50-301-50 raqamli “Ishonch telefoni” yoki “antikor_archive_bot” orqali xabar berishlari so‘ralmoqda.



