So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
O‘zbekistondagi suv havzalarida motorli transport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi
Suv havzalarida motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2025 yil 1 maydan boshlab tabiiy va sun’iy suv havzalarida faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi o‘rnatilgan hamda milliy GPS monitoring va navigatsiya tizimiga ulangan motorli va elektromotorli suv transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Bunga suv havzalarida turizm xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash hamda suv resurslari ifloslanishining oldini olish, ulardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida qaror qilindi
Suv transport vositalarining ruxsat etilgan harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soat, kemalar to‘xtash joylari hamda aholi turar joylari chegaralarida — 20 kilometr/soat, plyajlar va aholining ommaviy dam olish joylari chegaralarida esa — 5 kilometr/soat etib belgilanadi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv transporti vositalaridan (bundan elektromotorli suv transporti vositalari mustasno) foydalanish natijasida atrof -muhit ifloslantirilgani uchun quyidagi miqdorda yillik kompensatsiya to‘lovlari undiriladi:
motorli qayiq va gidrotsikllar uchun BHMning 10 baravari;
kater uchun BHMning 15 baravari;
yaxtalar uchun BHMning 25 baravari.
Motorli suv transporti vositalari kompensatsiya to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganidan so‘ng yillik texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Kompensatsiya undirishdan tushgan mablag‘lar Ekologiya jamg‘armasiga o‘tkaziladi va suv havzalari ifloslanishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga sarflanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yilda pandemiyadan keyin turizmni tiklashga qaratilgan qarorida Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida skuterlar va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan edi.