So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichi 71 foizga oshdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vabo epidemiyasi bo‘yicha yangi hisobotini e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, 2023 yili dunyo bo‘yicha bu xavfli infeksiyadan o‘lim ko‘rsatkichi 2022 yilga nisbatan 71 foizga, kasallanish holatlari esa 13 foizga oshgan.
“O‘tgan yili vabodan 4000 kishi vafot etdi, — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus. — Iqlim o‘zgarishi, ba’zi mintaqalarda ichimlik suvi tanqisligi, qashshoqlik, sanitariya sharoitlari yetishmasligi, urush va harbiy to‘qnashuvlar xastalik kuchayishiga sabab bo‘ldi”.
Hisobotga ko‘ra, joriy yilda ham epidemiologik vaziyat murakkab. Xususan, 2024 yil boshidan buyon 342 mingdan ortiq bemorda ushbu infeksiya aniqlangan, ulardan 2,4 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan. 22 mamlakatda kasallik avj olishi kuzatilgan.
Jumladan, iyul-avgust oylari oralig‘ida Sudanda qariyb 2,7 ming kishiga vabo tashxisi qo‘yildi. Ulardan 120 nafarining hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi.
JSSTning vabo bo‘yicha texnik rahbari Filipp Barboza fikricha, kasallik qurbonlari soni rasmiy statistikadan ancha yuqori. Aslida uni har yili taxminan 2 millionga yaqin kishi yuqtirib, 100 ming nafari hayotdan ko‘z yumayotgan bo‘lishi mumkin.
Mas’ullar epidemiyaning yangi to‘lqinini jilovlasa bo‘ladi, degan xulosada. Buning uchun kasallikka qarshi vaksinalar ishlab chiqarish hajmini oshirish zarur. Chunki o‘tgan yili qariyb 36 million doza emlash vositalari ishlab chiqarilgan, biroq bu mavjud ehtiyojning atigi 50 foizini qoplaydi, xolos.
Qolaversa, toza ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini to‘xtatishning uzoq muddatga mo‘ljallangan yagona barqaror yechimi bo‘lib qolmoqda.