So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
«Baxti Tashkentskiy»ga oid ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmoqda
«Baxti Tashkentskiy»ga oid ish apellyatsiya instansiyasida ko‘rilmoqda. Ayblanuvchi oqlov hukmi chiqarilishini so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2024 yil 19 iyuldagi hukmi bilan Baxtiyor Qudratullayev hamda boshqa shaxslar jinoiy jazoga tortilgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur hukm ustidan sudlanuvchilarning advokatlari tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat kiritilgan.
Ular orasida Baxtiyor Qudratullayev, uning akasi Shuxrat Qudratullayev, Matlub Mirzoyev, Anvar Mirzaxonov, Feruz Vafoyev, Asadullo Jo‘rayev, Fayziddin Kamolov hamda Mahmudjon Usmonboyev bor.
Baxtiyor Qudratullayev apellyatsiya shikoyatida jinoiy uyushma tashkil etish va tovlamachilik jinoyatini sodir etmaganini, qilmishlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati tarkibi mavjud emasligini, ayblovdagi o‘ndan ortiq epizodlarga aloqasi va daxli bo‘lmaganligi sababli qator ayblovlar bo‘yicha oqlov hukm chiqarib, hukmning xavfli retsidivist deb topishga oid qismini bekor qilishni so‘ragan.
Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ishni ko‘rib chiqish boshlandi.
Ma’lumot uchun, sud hukmiga ko‘ra, «Baxti Tashkentskiy» nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «g» bandi, 109-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 168-moddasi 4-qismi «v» bandi, 242-moddasi 1-qismi, 243-moddasi va 276-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, u Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, tayinlangan jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki sud hukmi bilan sudlanuvchilarga 3 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan edi. Faqat sudlanuvchilar orasidagi yagona ayol N.Jumaniyazovaga ozodlikni cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan jazo berilgan. Hukm bilan 6 kishi xavfli retsidivist deb topilgan va ular jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangandi.
Hukm e’lon qilinganidan bir kun o‘tib, 60 yoshli Shukurali Qurbonov vafot etgani xabar qilingandi.