So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati harbiy poligonida “Sharq-Aksilterror–2024” qoʻshma aksilterror mashqlari oʻtkazildi
5-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy poligonida MDH Aksilterror markazi koʻmagida Hamdoʻstlik vakolatli organlarining “Sharq-Aksilterror – 2024” qoʻshma aksilterror mashqlari oʻtkazildi.
Taʼkidlanishicha, undan koʻzlangan asosiy maqsad terrorchilik harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish, chegara xavfsizligiga rahna soluvchi terrorchilik tahdidlarini zararsizlantirish va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni oʻtkazishda MDHga aʼzo davlatlar vakolatli organlari faoliyatini takomillashtirishdan iborat.
Aksilterror mashqlariga SHHT va MDHga aʼzo davlatlar vakolatli organlari rahbarlari va vakillari, manfaatdor xalqaro tashkilotlar vakolatli tuzilmalari kuzatuvchilari taklif etilgan.
Muhim infratuzilma obyektlarida garovga olinganlarni ozod qilish va shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini sinovdan oʻtkazish doirasida maxsus va harbiy texnikalar, jumladan aviatsiya va uchuvchisiz uchuv apparatlaridan foydalanilgan.
Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi DXX, IIV, FVV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi maxsus boʻlinmalari, shuningdek Bosh Prokuratura va Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari jalb qilingan.
Kuzatuvchilar eʼtiboriga noqonuniy qurollangan terrorchilik guruhlarini yoʻq qilish boʻyicha maxsus harbiy operatsiya elementlari hamda ommaviy tartibizliklarni bostirish va inqirozli vaziyatlarni bartaraf etish choralari havola etilgan.
Oʻtkazilgan oʻquv mashqlari davomida shartli terrorchilik guruhlarini zararsizlantirishga jalb etilgan kuch va vositalarning yuqori darajadagi tayyorgarligi, vazirlik va idoralarning hamkorlikdagi harakatlari namoyish etilgan.
Qayd etilishicha, “Sharq-Aksilterror – 2024” qoʻshma aksilterror mashqlari Hamdoʻstlik davlatlari maxsus xizmatlari oʻrtasidagi amaliy hamkorlik muhim ekanini koʻrsatadi.
Mashqlar qoʻshma aksilterror tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazish tajribasini takomillashtirishga hissa qoʻshdi, terrorchilik harakatlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish, jamoat tartibini taʼminlash boʻyicha kelishilgan harakatlar shakllari va usullarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Ushbu aksilterror mashqlari MDH Aksilterror markazi koʻmagi ostida oʻtkazilgan bu kabi tadbirlarning yigirmanchisi boʻlib, ularning 6 tasida Oʻzbekiston ishtirok etgan.
Umuman olganda, “Sharq-Aksilterror – 2024” qoʻshma aksilterror mashqlari va uning doirasida boʻlib oʻtgan tadbirlar ishtirokchilar va kuzatuvchilarda ijobiy taassurot qoldirib, ularning yuqori darajada tashkil etilgani, jalb etilgan maxsus boʻlinmalarning shaxsiy tarkibi hamda boshqa idoralar vakillarining professionalligi alohida qayd etilgan.