So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qoʻqonda 33 ta taʼlim muassasalari binolari taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi
Davlat rahbari joriy yil 11-12-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida Qoʻqon shahridagi murojaatlar tahlili asosida aholi muammolarini chuqur oʻrganish va hal qilish borasida qator vazifalar belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosi boʻyicha Prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va tegishli vazirliklar, qoʻmitalar, idoralar masʼullaridan tuzilgan Respublika ishchi guruhi faoliyati natijasida birgina Qoʻqonda 33 ta taʼlim muassasalari binolari taʼmirlanib, bolajonlar foydalanishiga topshirildi.
Jumladan, davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhi faoliyati bilan Qoʻqonning “Shayxon” mahallasidagi 460 oʻrinli 19-umumtaʼlim maktabi binosi ham bosh-oyoq yangilanib, muallimlar va oʻquvchilar ixtiyoriga topshirildi.
“Mingtut” mahallasidagi ming oʻrinli 9-umumtaʼlim maktabi ham ancha taʼmirtalab boʻlib qolgandi. Bir-bir yarim oy nari-berisida bu bilim dargohi ham yangi oʻquv yiliga puxta hozirlab berildi. Bu bilan mazkur hududdan Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarda tilga olingan eng katta tizimli masala hal qilingan.
Mazkur dargohlarning tantanali ochilish marosimlarida Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev keng koʻlamdagi ushbu bunyodkorlik ishlari orqali yoshlarning isteʼdod va qobiliyati, ezgu intilishlarini toʻliq roʻyobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda hayotda oʻz oʻrinlarini egallashlari uchun davlatimiz rahbari tomonidan munosib imkoniyatlar yaratib berilganligini taʼkidladi. Endilikda oʻquvchilarga maktab davrida yaxshi oʻqib, vaqtdan unumli foydalanish muhimligi, chet tillarni oʻrganish, kompyuter texnologiyalari va aniq fanlarni chuqur oʻrganish lozimligi alohida qayd etildi.
Prezident tashrifidan soʻng Qoʻqonda yangi oʻquv yili boshlanishiga qadar ichki imkoniyatlar hisobidan taʼmirdan chiqarilgan muassasalarning 15 tasi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridir.
Xususan, kuni kecha “Sobir Abdulla”, “Kalvak guzar”, “Shirin” mahallalarida yangilangan bolalar bogʻchalari foydalanishga topshirildi. Agar inson hayoti davomida toʻplagan bilimlarining 70 foizini maktabga borgunicha olishini inobatga olsak, bu amaliy harakatlar Yangi Oʻzbekiston asosi boʻlgan “Inson qadri uchun!” gʻoyasining hayotimizdagi ijobati ekaniga amin boʻlamiz.
Respublika ishchi guruhi masʼullari faoliyati bilan Qoʻqon shahridagi taʼlim muassasalarining nainki tashqi qiyofasi yangilandi, balki ular zamonaviy asosda ham toʻliq jihozlandi. Davlat boshqaruvi akademiyasi mutaxassislarining oʻquv mashgʻulotlarida pedagoglarning bilim-tajribasi mustahkamlandi. Bularning barchasi esa taʼlimning oʻziga xos “Qoʻqon tajribasi”ni yaratishga asos boʻlmoqda.
Prezident Xalq qabulxonasi axborot xizmati