So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Xorijiy kompaniya tibbiyot sohasini rivojlantirish maqsadida yirik loyihalar amalga oshiradi” – Fargʻona SSB Effect.uzʼda yoritilgan tanqidiy masalaga munosabat bildirdi
Avvalroq Effect.uz tomonidan Fargʻonadagi Respublika Ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali xorijiy investorga qoʻsh-qoʻllab topshirilgani toʻgʻrisida tanqidiy video eʼlon qilingan edi. Fargʻona viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Unga koʻra, Fargʻona viloyati delegatsiyasining joriy yil 27-30-aprel kunlari Quvayt davlati va Saudiya Arabistoni podshohligiga xizmat safari yakunlari boʻyicha Fargʻona viloyati bilan tibbiyot sohasida hamkorlik bitimi imzolangan.
Unga koʻra, hamkorlikni kuchaytirish maqsadida “Gulf Care General Trading Co” (Quvayt, xizmat koʻrsatuvchi) bilan davlat-xususiy sherikligi asosida laboratoriyalarni tuzish, boshqarish va sinov xizmatlarini koʻrsatish xaqida 2024-yil 27-aprelda memorandum imzolangan hamda uni ijrosini taʼminlash boʻyicha viloyat hokimligining 2024-yil 30-maydagi 04-06/1251-sonli “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan.
“Yoʻl xaritasi”ning 4-bandida Fargʻona shahrida “Gulf Care General Trade” kompaniyasi tomonidan qiymati 10 mln AQSH dollarlik pozitron-emission tomografiya (PET) markazini qurish loyihasini amalga oshirish choralarini koʻrish hamda qiymati 5 mln AQSH dollarlik zamonaviy laboratoriya markazini tashkil etish belgilangan.
Bundan tashqari shu yil 11-12-iyul kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida “Gulf Care General Trade” kompaniyasi boshqaruv raisi Dr. Eyad Al-Solih davlat rahbari bilan uchrashib, kompaniya tomonidan Fargʻona viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti oʻtkazilgan. Prezident tomonidan xorijiy investorlarning investitsiya loyihalari har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi bildirilgan.
Mazkur uchrashuvdan soʻng, kompaniya vakillari (Dr.Ali, Abdulloh, Abdulqodir) Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, zamonaviy laboratoriya markazini tashkil etish loyihasini amalga oshiriladigan viloyat perinatal markazidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda loyihani amalga oshirishni boshlash boʻyicha viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi va sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan kelishib olingan.
Shunga koʻra, memorandumning ilovasiga muvofiq Fargʻona shahridagi 15 ta tibbiyot muassasalarida, shundan, Yoʻl xaritaga muvofiq bugungi kunda Fargʻona shahar A.Navoiy MFY Oybek koʻchasi 5-uyda joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Fargʻona viloyat filialida 2023-yilda qurilgan Neonatal statsionar boʻlimi binosining 1-qavatida joylashgan laboratoriyasi oʻrnida davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy laboratoriya markazini tashkil etish belgilanib, qoʻshimcha jihozlar qurish uchun 1-qavatida joylashgan laboratori binosida rekonstruksiya ishlari boshlangan.
Ushbu obyektni viloyat hokimligining 2024-yil 25-iyundagi 03-07/1511-sonli topshirigʻiga asosan rekonstruksiya qilish va ularni jixozlash ishlarni amalga oshirish belgilab berilgan.
Mazkur videoda «Byudjet mablagʻlariga yangi oʻrnatilgan jihozlar koʻchaga uloqtirib tashlangan, davlat mulkini talon taroj qilish emasmi, deyilgan. Unga javoban jihozlar uloqtirilib yuborilmagani (tibbiy jihoz emas, balki qurilish buyumlari), aksincha eshik romlar va boshqa materiallar ushbu laboratoriyaga qayta oʻrnatilishi koʻzda tutilgan.
Ushbu loyihada zamonaviy laboratoriya xizmati boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Fargʻona viloyat filiali bemorlari uchun bepul tahlil natijalari tayyorlab berilishi hamda yana boshqa oʻnlab zamonaviy, sifatli tibbiy xizmatlarni koʻrsatish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, barcha tashqi davlatlar oʻrtasidagi kelishuvlar va tegishli hujjatlar Fargʻona viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda
Maʼlumot oʻrnida, “Gulf Care General Trading Co” tomonidan Fargʻona viloyatida tibbiyot sohasini rivojlantirish aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida yirik loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.